Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 9 » SEVGI
|
«BOYLIGINI EMAS, QIZINI SEVAMAN!..»
Bundan bir necha yillar muqaddam bir qizni ko‘rdim-u, sevgi degan ajib bir tuyg‘uga oshno bo‘lganimni sezdim. U hayotimga bir olam ma’no va mazmun baxsh etdi. Yuragimni ishg‘ol etgan qizni ilk bor uchratganimda oliygoh talabasi edim. Shunga ham, mana, 4 yildan oshibdi. Lekin o‘sha kun xuddi kechagidek ko‘z oldimda namoyon bo‘ladi.
To‘g‘ri, haqiqiy sevgi uchun bu yillar gohida kamlik qiladi. Biroq men shu davr orasida suyukligim mehrini qozonish hamda ishonchini oqlashga muyassar bo‘ldim. Bundan juda ham baxtiyorman. Mana, hozirgi kunda oliygohni tugallab, o‘z mutaxassisligim bo‘yicha nufuzli bir tashkilotda ishlayapman. Shu bois endi bir oilani boshqarishga qurbim yetadi, degan fikrga keldim. Maqsadimni suygan qizimga aytib, uning roziligini oldim. Shundan so‘ng uyiga sovchi jo‘natdim. Ammo baxtga qarshi qizning uyidagilari, ya’ni ota-onasi sovchilarni noumid qaytarishdi. Sababi, bizni o‘zlariga teng ko‘rishmadi.
Shunga qaramay, hamon o‘z baxtim uchun kurashishda davom etyapman. Bunda suyukligim ham menga yelkadosh, ko‘makdosh bo‘lib turibdi.
Biroq hozirda qizning uyidagilari: “Yaratganning xohishiga qarshi chiqayapsizlar”, degan gap-so‘zlar bilan bizni koyishyapti. Ularning aytishicha, agar biz oila quramiz, deb turib olsak, shakkoklik qilgan bo‘larmishmiz. Nahotki o‘z baxti uchun kurashish ham ayb sanalsa? Axir sevgi tuyg‘usi ham Xudoning inoyati emasmi? Har kimga ham bu tuyg‘u nasib etavermaydi-ku? Nega buni ular tushunishmaydi? Men ularning boyligini emas, qizini sevaman.
Aslida-ku, o‘zimning ham hayotdan noliydigan joyim yo‘q. Turar joyim, ota-onam, qarindosh-urug‘larim bor. Qolaversa, to‘rt mucham but, soppa-sog‘man. Ayni damda suyganimning otasi erishgan mavqeda bo‘lmasam ham, kelajakda o‘z o‘rnimni topib ketishimga ishonaman.
Qizning uyidagilar qancha qarshilik ko‘rsatmasin, sabr-qanoat qilib yashashga intilayapman. Bu ham bo‘lsa, muhabbatimiz uchun bosib o‘tishimiz kerak bo‘lgan yo‘l, sinov, sevgining shirin azobi bo‘lsa kerak, degan fikr bilan o‘zimni ovutishga harakat qilyapman. To‘g‘risi, bu yo‘lda har qanday azobu sinovlarga tayyorman. Faqat suygan qizim kun sayin o‘z ishonchini yo‘qotib, quriyotgan gul misol so‘lib boryapti. Xudo ko‘rsatmasin, yo‘llarimiz ayro tushgudek bo‘lsa, taqdirimizga boshqalarni ravo ko‘rsa, hayotimiz barbod bo‘lishi muqarrar. Chunki ikkimiz ham bir-birimizsiz hayotni tasavvur eta olmaymiz.
Maslahat bering, qanday yo‘l tutsak, uning ota-onasi bizga oq fotiha berishi mumkin? Iltimos, yordamingizni ayamang.
DIYOR
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1297 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|