Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 9 » RAMAZONNING ILK KUNIDA
23:08 RAMAZONNING ILK KUNIDA |
RAMAZONNING ILK KUNIDA
Talaba edim. Gunoh va jaholat biyobonida sang‘ib, orqa-oldimga qaramay yurgan kezlarim edi. Bir kuni ketayotsam, oldimdan yaqin do‘stim chiqib qoldi. «Bir «bayram» qilaylik», dedim. Ko‘nmadi. Qistayverganimdan keyin: «Men ro‘za tutganman», dedi. (Ramazon kelganidan ham bexabar ekanman!) So‘ng menta ham ro‘za tutishni maslahat berdi. «Bo‘pti, ertadan tutaman», deya so‘z berdim. Ramazonning ilk kuni edi, mening esa, og‘zim ochiq. Ertadan ro‘zani boshlasam, «maishat» o‘ladi, deb, ulfatlar bilan rosa «bayram» qildim... O‘sha kuni ichgancha ichdim. (Allohim, O‘zing kechir.) So‘ng sahar kirmasdan turib yuvindim, kiyimlarimni almashgirib, do‘stimning xonasiga tushdim. Kechagi boshog‘riqdan asar yo‘q, ruhim tetik edi. Uch-to‘rt kishi birga saxarlik qilib, og‘iz yopdik. So‘ng ular bomdod namozini o‘kigani boshqa xonaga chiqi?di. Men esa, o‘ringa cho‘zildim. Bir payt ko‘zim ilinibdi. Yo Alloh, o‘shanda Rasuli akramni tush kurdim. Qomatlari, so‘zlari, atvorlari xuddi sahobalari ta’riflagandek edi. Bezovta edilar. Kechagi ishlarim u zotni xafa qilganini bilib turardim. «Kimdir birinchi kungi ro‘zasini buzibdi, endi hammamiz boshqatdan tutamiz», dedilar. Lekin o‘sha buzg‘unchi kimligini aytmadilar. Huzurlarida uyatdan yerga kirgudek edim... So‘ng uyg‘onib ketdim. Do‘stlarim namozdan qaytishgan ekan. Xonamga chiqqim kelmadi... O‘shanda ilk bor poklik neligini his etdim. Rasululloh sollolohu alayhi va sallam anglatib ketdilar uni menga. Hamon o‘sha poklikni, muborak jamolni sog‘inaman. Lekin Alloh taolo dunyo havaslariyu xato-gunohlar ichra sarson bandasiga Habibining jamolini loyiq ko‘rmayotir!
Yo Allohim, Rasulingni sog‘inish, jamollarini bir bor tush ko‘rish baxt. Qiyomatda u zot bilan birga bo‘lish esa, ming chandon ulug‘ baxt... Yo Allohim, Sen naqadar mehrli, rahmli, sabrli zotsan! Yo‘qsa bir kun oldin — ramazonning ilk kunida katta ma’siyatlarga qo‘l urgan bir bandangni ertasiga saxarlik bilan siylarmiding, Rasulingning jamolini izhxor etarmiding?! Yo Allohim, mana, yana ramazon keldi, rahmat eshiklaring ochildi. Fazlingdan umidvormiz. So‘ramasak-da, bizni iymon bilan musharraf etding, endi so‘rayotganimiz jannatdan mahrum aylama. Yo Allohim, Rasuli karimingga salovot va salomlarimizni yetkaz, u zotni qiyomatda maqtovli maqomda tiriltir, u zotni o‘zlari istagan vasilaga muyassar qil, bizga umid etayotganimiz shafoatlarini nasib ayla, Havzi Kavsar bo‘yida Rasulimiz bilan diydor ko‘rishguncha iymonimizni salomat qil. Tushlarimizni Rasulingning jamoli ila charog‘on et...
G‘arib N. ziyouz.com
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 1098 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|