G‘ORGA BERKINGAN JINOYATCHI QO‘LGA TUSHDI Portugaliya politsiyasi 1993 yilda qamoqdan qochib, 16 yil davomida tog‘da yashirinib yurgan jinoyatchini qo‘lga tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, qotillik uchun sudlanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan 54 yoshli erkak Portugaliya shimolidagi Vieyra-du-Minyudagi uch-to‘rtta g‘orda nav-batma-navbat yashagan ekan. Jinoyatchi asosan mevalar bilan kun ko‘rgan, 16 yil ichida biror marta ham tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan. Qochoq shu yillar davomida qancha ofatlarga ro‘para kelsa ham, tirik qolgan, sog‘lig‘iga zarracha putur yetmagan. Politsiyachilar jinoyatchi ba’zi-ba’zida qarindoshlaridan ovqat va dori-darmon olib turgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qilishyapti.
Coch-soqoli o‘sib ketgan qochoqni tongda qo‘lga tushirishdi. Operatsiyada qatnashgan ofitserlarning ta’kidlashlaricha, jinoyatchi qarshilik ko‘rsatishga uringan, lekin yonidagi to‘pponchadan foydalanmagan.
G‘orda yashab yurgan qotilni qanday jazo kutayotgani hozircha noma’lum.