Статистика |
XOZIR SAYTDA 12 MEXMON 12 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 7 » Mahzun qalb ohanglari
08:52 Mahzun qalb ohanglari |
Mahzun qalb ohanglari . . .
Xikmatli SO'z! Ayol mehri - asaldek totli. Ayol makri - zahardek xavfli. TESKARI HAQIQAT Ko`ngilning manzili olis. Unga yetgunga qadar ne-ne mashaqqatlarni bosib o`tmaydi qalb. Beayov yog`ilgan bo`ronlar, qo`zg`alib qolgan shafqatsiz dovullar, halokatga giriftor etuvchi to`fonlar…-bu to`siqlarni buzib o`tish uchun buyuk muhabbat kerak, otashin ishq kerak. Qalbda lovullab turgan sevgi barini kuydurib tashlaydi, kulini ko`kka sovuradi, ko`kka. …Yoz chillasidagi eng bokira tun. Chaqnoq yulduzlar, nurga ko`milib, shu`lalar sochayotgan to`lin oy osmonning beadog` bag`rida erkinlikdan yashnamoqda. Bosh-adog`I ko`rinmas kengliklarga aylanib ketgan yaydoq dalada g`ayqillab arava ketmoqda. Sukunatni aravaning bir maromdagi “g`iyq-g`iyq” beo`xshov tovushigina buzar, go`yo olamda faqatgina bitta shu tovush mavjuddek uzluksiz davom etardi. Ot tizginini mahkam siqqancha, aravaning berisida o`tirib olib otni jimgina boshqarib ketayotgan Doniyor birdan titroq tovushla kuylay boshladi. Bu kuy… bu kuy shunchalik alamli, g`amgin ediki, yurakni pora-pora qilib kuydurib tashlardi. Doniyorning dard to`la qalbi kuy avjida baralla namoyon bo`ldi. U mung nuqsi urgan vujudlardan, mahzunlik zohir dunyoning seralam, iztirobli lahzalaridan, ko`ngilning, ha, ha, ko`ngilning eng tubidagi mahzunlikni o`z ohanglarida aks ettirardi. Bu sehrlangan dilning dunyosi, jodulangan qalbning olami edi. Aravada mudrab kelayotgan qiz kuy ta`siridan juda ham g`amgin rang tortgan, uyqu allaqachonlar vujuddan tag-tomiri bilan uzilgan, butun jismu-jonini zabt etgan mungli ohanglar uni allaqanday sehrli olamga boshlab kirayotgandek. Uning ko`zlaridan sizilib, yonoqlaridan tomib tushayotgan qaynoq yosh tomchilari, vujudida uyg`ongan yoqimli allaqanday titroq his-tiyg`ularning yurakni o`rmab-chirmab, ruhiyatini ezish-bari mangulikka tatiydigandek tuyulardi. Ha, kuyning ko`ngil torlaridan o`ralib chiqishi, boz qalblar dunyosiga to`satdan hujum qilishi-muhabbatni, sof muhabbatni bo`y-basticha o`z ohanglarida namoyon qiladi. Doniyor o`z sevgisini ana shu qo`shiqda, jonni eritib, sel-sel qilib yuborgan ohanglarda ifodalayotgandi… U hech qanday musiqiy asboblarsiz; faqatgina o`z tovushi-tabiiy ovozi bilangina qo`shiq aytayotgandi. Mungli, ma`yus sevgi qo`shig`ini kuylayotgandi. Bu qo`shiqdan tabiat ham sehrlangan: oy, yulduzlar ko`z yosh to`kishga tayyor turgandek yiltillab, ma`yus tovlanishardi. Ohanglardan mung sadosi taralib, butun dala cho`kib qolgandi. Qo`shiq hech oxirlamas, hech tugamaydigandek bir maromda davom etar, ayni avj pardalarda yurak zirillab-zirillab ketardi. Doniyorning qalbidan toshib chiqayotgan dard qo`shiqda aks-sado taratar, olov olgan muhabbat betizgin alangaday gurillab-gurillab yonardi. Ruhlarga inib kirayotgan mahzun ohanglar butun vujudlarni bor dunyosiga kuydirib sel-sel qilmoqda, yuraklar alanga ichida qolganday erib,tomchilab-tomchilab qurib, bitmoqda edi. Doniyor tuyqus yelkalariga ohista qo`yilgan yumshoq qo`llardan seskanib ketdi. Bo`yniga chirmashib, quchoqlayotgan, boshini yelkasiga jimgina qo`ygan vujudni unga ko`z tashlamoq his qildi: Jamila. Kuy bir muddat tindi. Bir nafas olgulik vaqt oralig`ida jimjitlik yaqqol sezildi. Ikki vujudning qalb rishtalari shundaygina bir-biriga tegib turgani, bu ulanib, tugunlanish arafasida ekanligi ham ana shu sirli sukunatda sezildi. Bir muddatlik nafas oralig`ida ikki yurakning azob urishi yaqqol eshitlidi atrofga: “duk-duk”. Doniyor ko`nglida uyg`ongan shirin titroq, entikish va yana allaqanday yoqimli hislar qurshovida qolganini allaqachon anglab yetgandi. U yana qo`shiq ijrosiga berildi. Endi boyagidek mungli, mahzun ohanglarnimas, ko`ngil dunyosini zabt etgan, qalblar olamida erkin suzib yurgan, eng go`zal, bokira tuyg`uni barchaga ulashguvchi xilqat-muhabbatni, uning g`alabasini yangroq tovushlarda ijro etishga tushgandi. Kuy avjlandi… Yuzlarda uyg`ongan mayin tabassum, ko`zlarda yiltillagan kulgu, qalblardagi bahoriy tarovat bemisl ishqning taftidan rang olgan edi. Kimsasiz, bir zog`-da ko`rinmas yaydoq dala aravada gupurib, toshib chiqayotgan vujuddagi qaynoq his-tuyg`ularning olovidan yashnab ketmoqda edi. Tabiat-da butkul o`zgargan, tun hukmronlik qilayotgan bo`lsa-da qalblar yog`dusidan atrof yorishib ketganday edi… Yoz chillasining eng mukarram tunlaridan birida uyg`ongan bokira ishq shu asnoda tug`ilgandi. Ko`ngilning ohanglari, torlari taralib butun kengliklarni zabt etib borayotgan ishq havosi shu tariqa yoyilgandi. Bir qo`shiq sehrdan ko`ngilning umidi ko`kka bo`ylagani, botindagi dunyoning zabt etilishi, baxtning g`uncha yanglig` ochilishi, ajablanarli hol, kutilmagan mo`jiza edi. Muhabbat bog`ida ochilgan yana bir juft anvoyi gul bulbulning sehrli tovushidan, ajib xonishidan-dil ohanglarining tengsiz mo`jizaviyligi, qudrati osmon qadar yuksalganidan qalblarda ishinoch tug`diradi. Bu ishonch musaffo osmon, zangor rang zamin va tarovati ko`kka qadar bo`ylagan zarbli sevgi ohanglari edi…
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 2349 |
Добавил: 6300best
| Рейтинг: 4.8/4 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|