Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 7 » ANA XOLOS
|
“YO UYALI TELEFON, YO MAMOT!”
Novosibirsk viloyatining Berdsk shahrida yashovchi o‘n ikki yoshli o‘smir shahar istirohat bog‘idagi charxpalakka chiqib olib, ota-onasi mobil telefon olib bermasa, sakrashini aytib qo‘rqitdi.
Charxpalakka chiqib olgan Seryojani o‘sha yerdan o‘tib ketayotgan ayol ko‘rib qolib, militsiyani chaqirdi. Militsionerlar kelguncha bola 20 metr balandlikka chiqishga ulgurgandi. Qonun posbonlari hamda ular bilan kelgan ruhshunos bolani pastga tushishga ko‘ndirish uchun bir necha soat urinishdi, lekin eplay olishmaydi. Bola yangi telefon talab qilib turaverdi (eskisini biroz oldin yo‘qotib qo‘ygan ekan).
Bola militsionerlardan biri unga o‘z telefonini berishga rozi bo‘lgachgina pastga tushishga ko‘ndi. Bu fikr militsionerning xayoliga o‘zidan-o‘zi kelmadi, voqeaga guvoh bo‘lgan 19 yoshli yigit shunday maslahat berib qoldi. Militsioner o‘z telefonini attraktsion yoniga qo‘ygach, bola pastga tushdi.
Ruhshunos Yuliy Toporishevaning aytishicha, bola “juda tajovuzkor va g‘azabli kayfiyatda” bo‘lgan, MP3-pleerli uyali telefondan tortib, qandaydir maishiy muammolarning hal etilishini (masalan, onasi unga uyda hadeb ish buyuravermasin) talab qilgan. Ruhshunosning fikricha, Seryojaning o‘zini bunday tutishiga ota-onasining yetarlicha e’tibor bermasligi sabab bo‘lgan.
IIB da esa bolaning bir necha marta militsiyaga tushgani, hisobga ham qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 1078 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|