Filippin va Osiyo davlatlari tarixida birinchi bo‘lib prezidentlik kursisini egallagan Korason Akino 76 yoshida vafot etdi. Bir yil avval Akinoga saraton kasalligiga chalingan, deb tashxis qo‘yilgan edi.
Korason Akino siyosiy faoliyatini 1983 yilda, eri Benino Akino — oppozitsiya yetakchilaridan birini diktator Ferdinand Markos boshqaruvi davrida o‘ldirishgandan so‘ng boshlagan. 1986 yilda Akino oppozitsiyaga rahbarlik qilib, o‘z nomzodini Filippin prezidenti lavozimiga qo‘ydi. Ko‘plab qonunbuzarliklar bilan o‘tgan saylov g‘olibi deb Markosni e’lon qilishdi. Oppozitsiya saylov natijalariga shubha bildirdi, harbiylar ularni qo‘llab-quvvatladi. Oqibatda, Markos iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, 1986 yilning 25 fevralida Korason Akino Filippin prezidenti bo‘ldi. Mamlakat rahbari lavozimini Akino olti yil davomida egallab turdi, bu davr ichida Filippinda sud, qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar o‘tkazildi. Shu bilan birga harbiy to‘ntarish qilishga olti marta urinish bo‘ldi.
1986 yilda “The Time” jurnali Korason Akinoni “Yil ayoli” deb e’lon qildi. 1999 yilda esa uni XX asrda Osiyoning eng obro‘li shaxslari ro‘yxatiga qo‘shdi.