Javoxir aka men sizga aytmoqchi bo'ldan voqea yaqinda bo'lib o'tdi. O'z erini deb aqldan ozgan qiz xaqida! Bizni uzoqrog' qarindoshimiz lekin uyimiz yaqin. Kenja o'g'illari Akrom aka uylandi onasi aytgan qizga. lekin o'zini gaplashib yuradigan qizi bor edi yengiltabiatroq bo'lgani sababli uyidagila u qizni olib berishmadi. 7 oy avval to'ylari bo'ldi. Kamola ismli qizga uylandila. Juda chiroyli bo'lmasada hamma bu kelinchakni maqtar xatto oyijonim ham doim manga ulani o'rnak qilib ko'rsatar edilar. Ko'p o'tmay Akrom akani oyisi Rahima opani fikri aynidi kelinni uyiga sig'dirmasdi. Shularni barisiga Kamola chidardi. Rahima opa o'g'lini kelinidan sovutish uchun xar xil amallar qila boshlagach. tinmay xudoni qarg'ishi tekkan folbinga yugurardi. Hammasi opaning ko'nglidagiday bo'ldi. Kamolani eri xar kuni uyiga haydar ketmasa boshiga urib san itsan ket desam ham ketmaysan deb xaqorat qilar edi. Kamola oddiy sodda, judayam halol insonlarni farzandi edi. O'zidan keyin singillarini o'ylab uyiga qaytmasdi. oilasini sha'nini o'ylardi. keyinchalik eri bilan bir xonadonda boshqa boshqa xonalarda yotadigan bo'lishdi. Birga bo'lishganda Akrom aka avvalgi qizi bilan tinmay xotinini oldida gaplashardi. Bir kuni shaxardan Rahima opani singlisi keldi. Kamola xovlini supurib yurgandi. choy damlab kelganida. Rahima opa bilan singlisini suxbatini eshitib qoladi Anavi go'rso'xtani qachon uyiga jo'natasiz? Kelin topib qo'ydim bir boyvachchani qizi. to'yini ertasiga ajrashib uyiga kelgan tagida mashinasiyam bor. O'g'lingiz svidanyaga chiqishi kerak. Kamola bu gaplarni eshitmaganlikka oldi. Kechqurun eri kelib, urib xaydabti, lekin shundayam uyiga ketmapti. Ertalabga yaqin mazasi qochib qolgan ekan uyidagila kasalxonaga yotqizishibdi. lekin bir kechada Kamola aqldan ozgandi. Uyidagila uni Ruhiy kasallar shifohonasiga joylashibdi shunday qilib, 19 yoshli Kamola 7 oy ichida xayotning achchiq chuchuklariga dosh berolmay aqlidan ayrildi. Man bunga Akrom akani ayblamayman mani fikrimcha bunga bolasini umr yo'ldoshidan sovutgan ona aybdor. Eng achinganim Rahima opa chunki ular 5 yildan buyon yura olmasdilar. kelinlari ularga kelindan tashqari xassa o'rniga suyanchiq bo'lgandi. Bu ishlari uchun xudoyim ularga xech qachon ularga shifo bermasa kerak. Bunaqa voqealani ko'rib inson kimnidir honadoniga kelin bo'lib tushushdan ham qo'rqib qolar ekan.