Afrikaning Banga qabilasida o’tmishdan saqlanib kelayotgan qadimiy an’ana mavjud. Shu an’anaga binoan kelin to’y oldidan kuyovning qanchalik jasoratli va chidamliligini sinab ko’radi, ya’ni yonib turgan mash’alani bir daqiqa yigit ko’kragiga tutadi. Agar yigit baqirib yuborsa yoki o’zini orqaga olib tisarilsa, to’y bo’lmaydi.