Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 6 » RO‘ZA KIMLARGA FARZ EMAS?
23:28 RO‘ZA KIMLARGA FARZ EMAS? |
RO‘ZA KIMLARGA FARZ EMAS?
Balog‘atga yetmagan bola, aqlini yo‘qotgan majnun, hushdan ketgan kimsa, kasalga chalinib ro‘za tutolmaydigan kishi, ro‘za tutishga madori yo‘q keksalar, safardagi musofir, hayz yoki nifos ko‘rgan ayollar, homilador, emizikli juvonlar uchun shariatimiz ro‘za tutmaslikka ruxsat etadi. Balog‘atga yetmagan bola, aql-hushini yo‘qotgan kishi haqida Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: «Uch toifa insondan qalam ko‘tarilgan: aqlini yo‘qotgan kimsa, to aqli joyiga kelgunicha, uyquda yotgan inson, to uyg‘ongunicha, yosh bola, to balog‘at yoshiga yetgunicha gunoh-savobdan forig‘dir» (Ahmad va Abu Dovud rivoyati). Kasalga chalingan kishi esa, holatiga qaraydi. Agar ro‘za tutsa, dardi yanada kuchayadigan yoki tuzalishi orqaga suriladigan bo‘lsa, ro‘za tutmaydi. Qolib ketgan kunlarning ro‘zasini tuzalganidan keyin tutib beradi. Agar bemor ro‘za tutsa, qiynalib qolmaydigan, ro‘za sababli dardi zo‘rayib ketmaydigan bo‘lsa, ro‘zasini tutaveradi. Ammo tuzalishi umid etilmaydigan dardga chalingan bo‘lsa, ramazonning zo‘r bir kuni uchun fidya beradi. Keksalar ro‘za tutishga qiynalsalar, ramazonning har bir kuni uchun bir miskinning qorni to‘yadigan darajada fidya beradilar. Shunda ular ro‘za tutganlik savobini oladilar. Musofir odam ro‘za tutish yoki tutmaslikda ixtiyorlidir. Chunki Payg‘ambar alayhissalom safarda ro‘za tutgan sahobalarga ham, tutmaganlarga ham indamaganlar. Musofir uchun qaysi biri yengil bo‘lsa, o‘shani qilishi afzal. Agar tutma-sa, qazosini keyin, muhim bo‘lganda tutib beradi. Hayz yoki nifos ko‘rgan ayolga kelsak, uning ro‘za tutishi harom sanaladi. Kim hayz va nifos paytida hukmini bilaturib, ro‘za tutsa, ro‘zasi botil, o‘zi esa gunohkor bo‘ladi. Homilador yoki emizikli ayol ro‘za tufayli o‘ziga, homilasiga yoki chaqalog‘iga zarar yetishidan qo‘rqsa, ro‘za tutmaydi. Bu uzrlardan qachon holi bo‘lib, ro‘za tutish imkoniyatiga ega bo‘lsa, o‘shanda ro‘zaning qazolarini tutib beradi. Agar keyin ham tutishga qodir bo‘lmasa, unda har kunlik ro‘zasi uchun fidya beradi. Fidya deganda bir miskinning qornini to‘yg‘azadigan miqdordagi taom yoki uning qiymati tushuniladi. Qazo ro‘zalarini ketma-ket tutish shart qilinmagan. Uzib-uzib tutsa ham bo‘ladi. Agar qazolar keyingi ramazon kelguniga qadar tutib olinsa, a’lo ish bo‘ladi. Agar inson beparvo bo‘lib, hech qanday uzrsiz qazo ro‘zalarini keyingi ramazongacha ham tutmagan bo‘lsa, ba’zi ahli ilmlar so‘zi bo‘yicha, ham qazolarini tutadi, ham o‘sha kunlari uchun bir miskinni taomlantiradi.
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 1504 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|