BAXTSIZ ODAM KO'P TELEVIZOR KO'RADI
Amerikalik sosiologlarning tadqiqotlariga ko’ra, o’zini baxtli hisoblovchi kishilar haftasiga 19 soatlarini televizor oldida o’tkazadilar, baxtsiz kishilar esa 25 soatlarini oynai jahon qarshisida sarflashadi. Bu yangi tadіiіot birinchilardan bo’lib Social Indicators Research jurnalida e’lon qilindi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, o’zini baxtli hisoblovchi shaxslar uchun televizor muhim emas, ular vaqtlarini ko’pincha gazeta, jurnal, kitob o’qishga va oilaga sarflashadi. Olib borilgan so’rovnomadan xulosa qilib aytish mumkinki, o’z faoliyat doirasini kengaytira olmaydigan, g’oyalariga imkoniyat bermaydigan, o’zgartirish va modernizasiyalash qonuniyatini tan olmaydigan kishilar ko’proq vaqtlarini rangli «quti» tomoshasi bilan o’tkazishadi. Demakki, omadsiz, baxtsiz insonlarni televizor hyech qachon baxtli qila olmaydi.