Статистика |
XOZIR SAYTDA 5 MEXMON 5 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 5 » Ulug'bek Qodirov
|
Ulug'bek Qodirov
Ism-sharifi: Ulug`bek Nosirovich Qodirov; Tug`ilgan sanasi: 1983-yil, 3-avgust; Tug`ilgan joyi: Toshkent shahri; Ma`lumoti: Oliy. Toshkent davlat san`at institutini tamomlagan; Tamomlagan maktabi: Toshkent shahridagi 34-maktab; Xullas, u haqida bilmoqchi bo`lsangiz, ichkariga tashrif buyuring... Burji: Arslon; Sevimli guli: Nilufar; Yaxshi ko`rgan mashinasi: «Mersedes» va «BMW»; Yoqtirgan taomi: Palov va rayhonli moshxo`rda; Kiyinishi: Zamonaviy; Sevimli rangi: Qora; Kamchiligi: Kamgap; Hayotdagi shiori: «Hamisha olg`a»; Ish joyi: O`zbek Milliy akademik drama teatri; Ilk roli: «Ayol zoti»da Bobur Yo`ldoshev bilan birga ijro etgan; Ikkinchi va katta roli: Murod Rajabovning «Akademiya» filmida; Uni xalqqa tanitgan roli: «Sarvinoz»dagi Odil obrazi; Yoqtirgan sport turi: Kurash. Bir paytlar yakkama-yakka kurashda oyog`ini sindirgan; U uchun eng muhimi: Ota-onasi, yaqinlarining salomatligi va sevimli kasbi; Armoni: Muhabbat; Bo`sh paytlarida: Detektiv janridagi kitoblar o`qiydi; Tanqidga munosabati: Ijobiy; Ilk ustozlari: Erkin Komilov, Turg`un Azizov, Murod Rajabov, Hamida Mahmudova; Sahnaga ilk marotaba: San`at institutining 2-kursida o`qiyotganda «Gamlet», «Qirol Lir» va boshqa ommaviy sahnalarda ishtirok etgan; Qo`rqadi: E`tibordan qolishdan va hech kimga keraksiz bo`lib qolishdan; Ijro etishni xohlaydigan rollari: Shekspirning «Gamlet» asaridagi «Gamlet», «Romeo va Julyetta» asaridan esa Romeo; Hurmat qiladigan klassik rejissori: Shuhrat Abbosov; Yangi avlod rejissorlaridan: Zulfiqor Musoqov, Rustam Sa`diyev, teatr rejissorlaridan Valijon Umarov, shogirdi Jo`rabek Ro`zimetovlarning ijodini hurmat qiladi. Katta ekranga chiqqan kinolari: «Sarvinoz», «Baxt uchun million» - Odil, «Fotima va Zuhra» - Shohruh, «Devona» - Shodivoy, «O`yin» - Jamshid, «Shabbona» - Bahrom, «Jazo» - Jasur; Birga ishlagan rejissorlari: Bahrom Yoqubov, Said Muxtorov; Ijro etgan qo`shig`i: Yosh xonanda Shoira Azimova bilan «Kel, jonim» dueti; Kinodagi hamkorlari: Shahzoda, Sevinch Mo`minova, Jamila G`ofurova, Aida, Shodiya To`xtayeva, Gulchehra Eshonqulova; Oilada: 5 farzandning kenjasi. Islombek, Feruza, Aziza, Dilfuza va Ulug`bek; Hozirda: «Panoh» kinofilmida suratga tushyapti; Agar rejissor bo`lganida: Ko`cha hayoti haqida film suratga olardi; Kino yoki teatr: Ikkalasini ham birdek yaxshi ko`radi. Ammo teatr birinchi o`rinda; Birga suratga tushishni xohlaydi: Yodgor Sa`diyev, Yoqub Ahmedov, Furqat Fayziyev kabi ustoz san`atkorlar bilan. Jahon yulduzlaridan esa Al–Pachino, Alen Delon va Bred Pittlar bilan; Hurmat qiladigan insoni: Onajonisi; Uning gapirishini Tohir Sodiqovga o`xshatishadi; U ko`proq yurak izmiga bo`ysunadi. Chunki u his qiladi; O`n yildan keyin u o`zini Hollivudda ko`radi; Uning uchun pul: Hech narsa. Qo`lning kiri, bugun bor, ertaga yo`q; 2005-yil: Uning uchun juda omadli va esda qolarli yil bo`lgan. Chunki u o`sha paytda «Yilning eng yaxshi yosh aktyori» nominatsiyasiga sazovor bo`lgan; Orzusi: Hindistonning eng iste`dodli aktyori Shohruh Xondek mukofotlarni qo`lga kiritganida ularni Shohruh Xon bilan birga «yuvish»; U baxtni oilasi, do`stlari yonida to`rt muchasi sog` holda bo`lish deb biladi. Aslida yashash ham bu - baxt; Baxtsizligi esa yaqin kishilaridan judo bo`lish; Bolaligida uning xoli katta bo`lib ketishidan qo`rqishardi; 2004-yilda: Otasi vafot etdi. Uning uchun bu og`ir judolik edi; U haqida tarqalgan mish-mish: Xonanda Shahzoda bilan turmush qurarmish; Mashhur bo`lish uchun juda ko`p ishlash kerak deb hisoblaydi; Tan oladigan xonandasi: Lola. Unga qoyil qoladi; Uning fikricha, aktyor teatrda «pishadi»; U harbiy maktabda tahsil olgan: Ammo o`qishni oxirigacha davom ettira olmagan. Sog`lig`i pand bergan; Aktyorlik qismatim deb ayta olmaydi. Negaki, erkak kishiga qirq hunar ham oz; Irimlarga ishonmaydi. Hammasi omadga bog`liq; Qo`shig`ining matni va musiqasini Shahnoz yozib bergan. Musiqiy sayqali esa Ravil Gimazutdinovga tegishli. Uning fikricha: «Peshonaga nima bitilgan bo`lsa, hech kim undan qochib qutula olmaydi»; Kinodan tashqari dublyajda ham samarali ijod qilgan; Rejissor Bahrom Yoqubov bilan birga ishlash yoqimli, deb hisoblaydi. Chunki u aktyordan nima talab qilayotganini sodda va aniq tushuntirib bera oladi; Farrux Soipov u uchun raqobatdosh emas, kasbdosh;
|
Категория: YULDUZLAR BIOGRAFIYASI |
Просмотров: 4128 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|