Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 5 » RO‘ZANING MAKRUHLARI
22:50 RO‘ZANING MAKRUHLARI |
RO‘ZANING MAKRUHLARI
Ro‘zador uchun quyidagi ishlarni qilish makruh:
1. Tahorat olayotib, og‘iz va burunni chayganda, tomoq va dimog‘ning oxirigacha suv olish. Payg‘ambar alayhissalom: «Burunga suvni chuqur olgin, ammo ro‘zada unday qilma», deganlar («Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan).
2. O‘pmoq. Bo‘sa shahvatni qo‘zg‘atib, ro‘za paytida qat’iyan man qilingan jimo’ga olib kelishi mumkin. Shundan kelib chiqib, ayrim ulamolar: «Kishi o‘zini tutib tura olishiga ishonsa, bo‘sa olishi joiz, o‘ziga ishonmasa, haromdir», deyishgan.
3. Ahliga shahvat nazari bilan boqish.
4. Jinsiy aloqani fikr qilish.
5. Ahliga shahvat bilan teginish.
6. Saqich yoki shunta o‘xshash narsalarni chaynash.
7. Qozonda turgan taom mazasini tatib ko‘rish. (Ammo ba’zilar nazdida oshpazlar o‘zlarini ehtiyot qilgan holda zarurat yuzasidan taomning tuzini tatib ko‘rishlari joizdir.)
8. Qon chiqarish yoki oqizish. Bu yerda zuluk yoki boshka narsa vositasida ko‘p miqdorda qon oldirish nazarda tutilgan. Chunki bu ish inson tanasini zaiflashtirib, ro‘zasini ochishga majbur qilishi mumkin. Ba’zi ahli ilmlar qon oldirishni ro‘zani buzuvchi amallardan sanaganlar. Tibbiy tahlil uchun qo‘l uchidan kam miqdorda qon oldirishning esa zarari yo‘q. Chunki uning tanaga ta’siri sezilmaydi.
9. Visol, ya’ni ikki-uch kun iftorsiz ro‘za tutish. Payg‘ambar alayhissalom visol qilishdan qaytarganlar. Ayrim ulamolar shu hadisdan kelib chiqib, visolni harom ham deyishgan. Lekin makruh degan fikr kuchliroqdir. Chunki bu hadisdan so‘ng sahobalardan ayrimpari Payg‘ambar alayhissalom bilan birga visol qilishgan. Shunda Payg‘ambar alayhissalom ularga indamaganlar. Agar u harom bo‘lganida, ularga sukut qilmasdilar. Yuqorida sanab o‘tilgan ishlarni qilish garchi ro‘zani buzmasa-da, uning savobini kamaytirishi mumkin.
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 1334 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|