Статистика |
XOZIR SAYTDA 13 MEXMON 13 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 5 » TEST
|
“O‘ZINGIZGA QANDAY BAHO BERASIZ?”
Javob variantlari: “Juda ko‘p”, “Tez-tez”, “Ba’zan”, “Kamdan-kam”, “Hech qachon”.
1. Hech qanday bahonasiz ham xavotirga tushib turasiz.
2. O‘zgalarga kulgili ko‘rinishdan qo‘rqasiz.
3. Kelajakni rejalashtirmay yashash sizni tashvishlantiradi.
4. Do‘stlaringiz sizni hushyorlikka undab turishlariga ehtiyoj sezasiz.
5. Sizni boshqalar tushunmasligidan azob chekasiz.
6. Tashqi ko‘rinishingiz o‘zingizni qoniqtirmaydi.
7. Odamlar sizdan ko‘p narsa kutishadi.
8. Odamlar bilan arzirli muloqot qilishni bilmay qolgan vaqtlaringiz bo‘ladi.
9. O‘zingizni har taraflama cheklangan deya hisoblaysiz.
10. Boshqalar sizga qanday munosabatda ekanliklarini o‘ylab siqilasiz.
11. Odamlar orqavoratdan sizni g‘iybat qilishadi, deb o‘ylaysiz.
12. Doimo ko‘ngilsizlikka duch kelaman, deb o‘ylaysiz.
13. O‘z xavfsizligingiz haqida o‘ylab ham ko‘rmaysiz.
14. Sizning dardlashadigan dardkashingiz yo‘q.
15. Siz erishayotgan yutuqlar boshqalar uchun ahamiyatsiz deb o‘ylaysiz.
NATIJALAR:
“Juda ko‘p” javobi uchun — 4 ball, “Tez-tez” javobi uchun — 3 ball, “Ba’zan” javobi uchun — 2 ball, “Kamdan-kam” javobi uchun — 1 ball, “Hech qachon” javobi uchun — 0 ball.
10 balldan kam. Siz o‘zingizga me’yoridan ortiq baho berib yuborgansiz. Maqtanishdan tiyiling. Chunki, shu sababli ham atrofingizdagilar bilan tez-tez janjallashib qolasiz.
30 ball va undan yuqori. O‘z qadringizni, jamiyatdagi arzirli o‘rningizni bila olmay qiynalasiz. Boshqalarning o‘zingiz haqingizdagi fikrlari haqida kamroq o‘ylang.
10 dan 30 ballgacha. Siz katta yoshdasiz va bunday masalalarda tarozining pallasini baravar qo‘yishga odatlangansiz. O‘z kuchingizga ishonib yashaysiz. Bo‘sh kelmang!
|
Категория: Тесты |
Просмотров: 2695 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 4.5/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|