Bu aytmoqchi bo`lganim bir hikoya va afsona yoki rivoyat yoki… Sizning qanday tushunishingizga bog`liq. Bir kuni insonladagi barcha oliy his- tuyg`ular inson tanasini tark etib, o`zaro yig`ilib, go`zal bir bog`da berkinmachoq o`yinini o`ynashibdi. Yashiringanlarni topish navbati QALBga kelibdi. QALB barcha his- tuyg`ularni axtarib topibdi, faqat SEVGIni topa olmabdi. Shunda u butun bog`da qizil atirgul bilan gullar orasidan axtaribdi, lekin topa olmabdi. Shunda bog`da gullar orasidan yig`i tovushi kelayotganini eshitibdi. Ko`rsaki, yig`lab o`tirgan tuyg`u SEVGI ekan. Shunda bilibdiki, QALBning qo`lidagi qizil atirgulning tikanlari sevgining ko`zlariga kirib, uni ko`r qilgan ekan. Shundan so`ng doimo SEVGI QALB bilan doimo birga ekan, va SEVGIni qo`lidan yetaklab, QALB uni doimo o`z himoyasida olib yurar ekan. Barchaga Ollohim haqiqiy ishq va sevgini nasib etsin!!! Doimo SEVING VA SEVILIB YASHANG!!!