Статистика |
XOZIR SAYTDA 14 MEXMON 14 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 4 » XATOLARIMIZNI O‘NGLAYLIK
22:43 XATOLARIMIZNI O‘NGLAYLIK |
XATOLARIMIZNI O‘NGLAYLIK
1. Ayrim musulmondar ramazonni yegulik g‘am-tashvishi bilan kutib oladi. Ammo u oziq-ovqat jamg‘aradigan emas, aksincha, topgan-tutganimizni faqirlar bilan baham ko‘rib, imkon qadar ko‘proq toat-ibodat va xayrli amallar qilish oyidir. 2. Ba’zilar saharlikni tong kirishdan ancha vaqgli qilib olishadi-da, ko‘p ajru savobdan quruq qolishadi. 3. Bomdodga azon chaqirilayotgan paytda suv yoki choy ichib olishni odat qilish ham xatodir. Chunki azon tong kirgandan keyin aytiladi. 4. Ramazon kirganidan bexabar qolgan kishi «Endi baribir, ulgurmadim», deb o‘sha kunning qolgan qismida yeb-ichib yurishi noto‘g‘ri. 5. Ramazonda unutib yeb-ichib qo‘ygan ba’zi kishilar «Ro‘zam ochilib ketdi», deb yana yeb-ichishga kirishib ketishadi. 6. Ba’zi kattalar voyaga yetgan farzandlarini «rahmdillik» yuzasidan «hali yoshsan» yoki «charchaysan» yoxud «o‘qishingga (ishingga) xalal beradi» degan bahonalar bilan ro‘za tutishdan qaytaradilar. Holbuki, ularni ro‘za va namozga buyursalar, katga mehribonlik ko‘rsatgan bo‘ladilar. 7. Ro‘za tutadigan kishi ro‘zani buzadigan amallarni bilmay yurishi juda katta xatodir. Kishi ro‘zasi sahih bo‘lishi uchun ramazondan avval ro‘za hukmlarini yaxshilab o‘rganmog‘i lozim. 8. Muslima ayollar ko‘chaga yasan-tusan qilib, atir-upalar sepib chiqishlari va ovozlarini ko‘tarib gapirishlari juda katta xatodir. Muslimalar, chin ma’noda mastura bo‘lingiz! HADISI SHARIF: Bir kishi Nabiyning huzurlariga kelib: "Meni jannatga olib kiradigan amalga buyuring", dedi. Nabiy alayhissalom: "Ro`za tut, chunki uning tengi yo`qdir", dedilar. Haligi kishi yana savolini qaytardi. Rasululloh tag`in: "Ro`za tut!" deb javob berdilar. (Imom Ahmad, Imom Nasoiy rivoyatlari)
9. Ramazonning oxirgi o‘n kunini ba’zi birovlar kiyim-kechak tanlash, hayitdagi turli «rasmiy marosimalarga tayyorlanib, tuxum, sariyog‘ xarid qilish bilan o‘tkazadilar. Nahot Nabiy sollallohu alayhi va sallam bizga shuni o‘rgatgan bo‘lsalar?! Axir u zot oxirgi o‘n kunlikda O‘zlarinn ibodatga bag‘ishlab, bellarini mahkam bog‘lab, tunlari bedor bo‘lib, ahli oilalarini ham Alloh ibodati uchun uyg‘otar edilar. 10. Bolalarni yoshligidan ro‘za tutishga o‘rgatib borish zarur. Toki ular ibratga ko‘niksinlar va odat qilsinlar. Robe’ binti Muavviz aytadi: «Bolalarimizga ham ro‘za tuttirar edik. Ularga jundan o‘yinchoq yasab berardik. Birontasi ovqat deb yig‘lab qolsa, iftorgacha o‘yinchoq berib ovutar edik» (Imom Buxoriy rivoyati). 11. Ro‘zador baqirib-chaqirmasdan, nojoiz so‘zlarni ishlatmasdan, og‘ir-vazmin bo‘lib yurmog‘i kerak. Chunki ro‘za faqat yeb-ichishdan emas, gunoh-ma’siyatlardan tiyilish, yomon xulq va so‘zlardan saqlanish hamdir. 12. Ro‘zador ramazonning qimmatli kunlarini uyin-kulgi, bema’ni kinolar tomoshasi va boshqa ko‘ngilxushliklar bilan isrof qilmasligi lozim. Aqlli mo‘min bag‘oyat qimmatli ne’matni arzimas xasga almashtirmaydi! Maqolalar “Hilol taqvimi”ning 11-sonidan (Ramazon oyi, hijriy 1425 yil) olindi
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 1180 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|