Amitabx Bachchan yaqinda Lilavati kasalxonasiga yotdi. Aktyorning aytishicha, bu oddiy tekshiruv ekan. Vaholanki, internetdagi sahifasida u oshqozondagi og‘riqdan shikoyat qilgan.
Kasalxona rahbariyati aktyorning sog‘lig‘i haqida gapirishni istamasa-da, tekshiruv natijalari og‘riq sababini aniqlashga imkon bermagani ma’lum. Bachchanga yana bir nechta tekshiruvdan o‘tishni maslahat berishdi. Natija aniq bo‘lmay, shifokorlar davolash usullarini aniqlashmaguncha aktyor suratga tushishni to‘xtatib qo‘ydi. U sayohatga chiqishni rejalashtiryapti.