Xamon esimda, man sani ilk bora uchratgan kunim. Man o’sha kuni dunyodagi eng baxtli inson edim. O’sha payt kechagiday esimda 8-sinfda o’qir edim.Qaysidur bayram tadbirida ko’zim senga tushdiyu joyimda qotib qoldim. Sani shaxlo ko’zlarin, uzun kipriklarin, oy misoli tovlanayotgan yuzin va chiroyli jilmayishin mani sanga rom qilib qo’ydi. O’sha payt yuragim allaqanday tuyg’ularga jo’shib ura boshladi. 1- bor man o’zimni boshqacha his qila boshladimva o’sha damda hayolimni bitta narsa egallab oldi. San bilan tanishish o’sha shaxlo ko’zlarda o’zimni ko’rish, san bilan suxbat qurish, bir borgina sani ovozingni eshitish hayolimni egallab oldi. Lekin u payt san kichkina qiz edin man sani cho’chitib yoki qo’rqitib qo’yishdan judayam qo’rqdim.O’sha kundan boshlab o’zimni yarim bo’lagimni topgan edim.San mani butun hayolimni o’g’irlab qo’ydin. San haqinda o’ylay boshladim kim bu qizcha? Qayerda turadi?Nimaga o’ziga bunchali bog’lab qo’ydi? Degan savollar hech tinch qo’ymasdi. Man san haqinda juda-juda ko’p o’ylay boshladim. Butun vujudim bilan sanga talpinardim. O’shanda man sani sevib qolganimni tushunib yetdim. Buni sanga borib ko’zlaringa boqib, qo’llaringdan tutib aytkim kelar edi lekin san kichkina qizcha edin. Shu orada maktabni bitirdim. Man uchun eng og’ir damlar boshlandi bu ayriliq, hijron onlari edi. Bu ayriliq, hijron mani sandan zarracha ham yiroqlashtirgani yo’q bu ayriliq bir zum bo’lsa ham san haqinda o’ylashdan to’xtatgani yo’q aksincha man sani yanada qattiqroq sevib qoldim.O’qishga kirdim o’qishda o’qirdimu lekin hayolim sanda bo’lardi. Hozir nima qivotti, qayerda,qachon ko’raman degan savollar tinch qo’ymasdi. Oradan yillar o’tdi shu yillar ichida san ancha ulg’aydin. Bir kuni sani ko’rishga maktabga bordim shunchalar quvonar edimki buni tariflash juda qiyin. Yuragim joyidan chiqib ketguday ura boshladi. Butun tanamni qandaydir xayajon chulg’ab oldi. Tanaffusga qo’ng’iroq chalindi sani kuta boshladim hozir chiqadi, men uni ko’raman chetga olib unga qanchalar sevishimni aytaman, qalbimdagi barcha gaplarni unga aytaman deb kutardim. Men kutgan laxzalar keldi san sekin maktabdan chiqib kela boshladin. Sani ko’rib joyimda qotib qoldim , ulg’ayib shunchalar go’zallashib ketgan edin-ki buni so’z bilan tariflay olmayman.Sani 1-ko’rganimda ham qotib qolgan edim, yoninga borolmadim sanga boqqancha qotib qoldim tilim aylanmay qoldi sanga gapira olmadim. Shu-shu sani ko’rgani maktabga tez tez tusha boshladim lekin buni sanga bildirmaslikka harakat qildim. Maktabni bitirib o’qishga kirdin endi sani ko’rgani maktabga emas balki bekatga chiqadigan bo’ldim.Har kuni uydan chiqib ketvotganda unga bugun aytaman deyman-u lekin ko’rganimdan keyin o’zimni yo’qotib qo’yaman nimaga bilmadim. O’qishga kirganindan keyin manda har hil bo’lmag’ur shubxalar paydo bo’la boshladi man aytolmagan gaplarni boshqa yigit aytmadimikan? Nargiza boshqa birov bilan gaplashmayaptimikan chunki san juda go’zal qiz edin har qanday yigitni bir ko’rishda o’zinga rom qilishin mumkin edi. Lekin sanga qattiq ishonardim chunki san duch kelgan yigit bilan gaplashib ketadigan qizlardan emassan. Bir kuni sanga bildirmasdan suratini oldim bu hayotimdagi eng baxtli kunlarimdan biri edi. Endi har kunim suratinga termulish bilan o’tardi shu suratin bilan man tirik yuribman.. Nargiza man sani sevaman XAMID
|