Kolumbiyaning “Atletiko Xunior” klubi yarim himoyachisi Xaver Flores yomon o‘yinchi degani uchun futbol muxlisini otib tashladi.
Qotillik Kolumbiyaning Barrankil shahrida sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, 27 yoshli futbol muxlisi Floresni “maleta” (ispan tilidan tarjima qilganda, jomadon, lattaga to‘la qop, no‘noq o‘yinchi degan ma’noni beradi) deb atagan. Flores alamiga chidolmay, unga qarata o‘q uzgan.
Futbolchi avvaliga voqea joyidan o‘z mashinasida g‘oyib bo‘ldi, lekin keyin o‘z ixtiyori bilan politsiya mahkamasiga keldi.