Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Avatar” filmining roliklarini namoyish qilish paytida rejissyor Jeyms Kemeron o‘zining yangi shedevrini suratga olayotganda, 3-D (kinoteatrda stereochkoflardan foydalanish tizimi) texnologiyani sevib qolganini ma’lum qildi. Rejissyorga bu texnologiya shunchalik yoqib qolibdiki, o‘zining asosiy filmi — “Titanik”ni ham aynan shu formatda qayta suratga olishni ko‘ngliga tugibdi. Albatta, qayta suratga olish oson ish emas, shuning uchun Kemeron bir nechta sahnani shunchaki o‘zgartirib qo‘yadi. Shu, xolos. Kemeron “Avatar”ning davomini ishlashni ham o‘ylab turibdi. Ammo buning uchun birinchi qismi yetarlicha ommalashishi kerak. Bunga esa shubha qilmasa ham bo‘ladi.