Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июль » 28 » “MEN SEVGINI BILMAYMAN...”
22:49 “MEN SEVGINI BILMAYMAN...” |
“MEN SEVGINI BILMAYMAN...”
Uni ilk bor uchratganimdayoq, yuragim jiz etgandi. G‘alati ahvolga tushdim. Ammo uni boshqa ko‘rmayman, deb o‘ylagandim. Lekin bir kuni yana uchratib qoldim. Shunda bu uchrashuvlar bejiz bo‘lmasa kerak, degan o‘y o‘rnashib qoldi xayolimga. Menga gap otib, tanishish istagini bildirganda esa, odatimga ko‘ra, jerkib bermadim. U bilan gaplashgim keldi. Gaplashdim ham. Nazarimda, biz bir-birimizni tushunardik, yuraklarimiz hamohangday edi.
U bilan uchrasha boshladik. Suhbatlashganimizda vaqtning qanday o‘tib ketganini bilmay ham qolardik. Bunday paytlarda biz uchun faqat o‘zimiz mavjud bo‘lardik.
Men baxtimni topganimga ishonardim. Chunki uni sevib qolganimga shubha qilmasdim. Kun kelib menga sevgi izhor qilishini, “Sen bilan butun hayotimni birga o‘tkazishni istayman”, deyishini orzu qilardim. Ammo...
U bir kuni to‘yi bo‘layotganini aytib qoldi. Bu gapni shunday xotirjam, bemalol aytdiki, lol bo‘ldim. Zarracha uyalmadi ham. Shundagina uning menga befarqligini, shunchaki uchrashib yurganini angladim. Angladim-u, hafsalam pir bo‘ldi. Men tentak nimalarni orzulab yuribman-a? Hatto uning rafiqasi bo‘lganimni tasavvur qilibman...
Xato qildim. Sevgi bobida hali tajribasizligim, hech nimani tushunmasligim ma’lum bo‘lib qoldi.
Men uni ayblamayman. Axir, u menga sevgi izhor qilmagan, va’dalar bermagandi. Nimaga asoslanib undan umid qilganimni haligacha tushunmayman...
NIGORA
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1577 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 4.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|