Статистика |
XOZIR SAYTDA 7 MEXMON 7 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июль » 27 » Xiyonat. U sevgini o‘ldiradi.
18:44 Xiyonat. U sevgini o‘ldiradi. |
U SEVGINI O‘LDIRADI
Xiyonat. U sevgini o‘ldiradi. Eng go‘zal hissiyotlarni ham yo‘q qiladi...
Sevgan odam xiyonat qilishi mumkinmi? Ko‘pchilik “Yo‘q” deb javob beradi. Ammo hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Sevgan odam o‘zi istamagan holda xiyonat ko‘chasiga qadam qo‘yishi yangilik emas.
Xiyonat yuz berdi... Natijada, ko‘ngillarda yashab kelayotgan, hayotni bo‘stonga aylantirgan muhabbat so‘la boshladi... Bu xatoni tuzatib bo‘lmaydi. Xiyonat dog‘i ming urinsangiz ham, yurakdan o‘chmaydi. Esga tushaveradi.
Xiyonatdan hamma azob chekadi. Xiyonat qilgan odamning o‘zi hammadan ko‘proq azoblanadi. Chunki u gunohga botgan.
Xiyonatga undaydigan tuyg‘u muhabbat bo‘lishi ham mumkinmi? Muhabbatdan ko‘ra ehtiros deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Ko‘pincha oniy ehtiros ta’sirida xiyonatga yo‘l qo‘yiladi. Bir-birini chin yurakdan sevgan odamlar ehtirosga berilib, oilasini buzmaydi. Chunki ular uchun eng muhimi — oila. Biroz asabiylashishadi, xayollari buziladi, lekin ehtirosga berilishmaydi. Va bu tuyg‘u o‘tib ketadi. Albatta o‘tib ketadi. Lekin “Bu hissiyot mendan ustun. Qo‘limdan hech narsa kelmayapti”, deb o‘ylash yaramaydi.
Xiyonat ko‘chasini chetlab o‘tgan odam o‘zini shunday xotirjam va tetik sezadiki, ta’riflash qiyin. Er-xotinlar o‘rtasidagi muhabbat yanada kuchayadi. Sinovlarga bardosh berib, o‘ziga sodiq qolgan muhabbat tozaradi.
Bundan tashqari, odam o‘zini hurmat qila boshlaydi. O‘zni hurmat qilish — manmanlik emas. Balki jasorat va qat’iyatga ega bo‘lishdir. Chunki bu sinovga bardosh bergan odam o‘zining nimagadir arzishini anglaydi.
O‘zini yaxshi ko‘ra boshlaydi. O‘zini chindan ham yaxshi ko‘rgan odam bunday gunohga yo‘l qo‘ymaydi. U bunday iflos ishni o‘ziga ham, sevgan odamiga ham ravo ko‘rmaydi.
|
Категория: FIKR-MULOHAZA |
Просмотров: 1807 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|