Статистика |
XOZIR SAYTDA 3 MEXMON 3 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июль » 27 » “AYRILIQDA KUYMOQDA QALBIM...”
18:31 “AYRILIQDA KUYMOQDA QALBIM...” |
Xayr endi, Andijonlik aldoqchi!
Qo‘limga qalam olib, qalbimga sig‘mayotgan, dilimni tilka-pora qilayotgan ishq dardini, aniqrog‘i, ayriliq azobini oq qog‘ozga tushirishga qaror qildim...
Talabalik davrim. Bahor kunlarining birida hayotimda tubdan o‘zgarish sodir bo‘ldi. Telefonimda notanish raqam paydo bo‘ldi. Avvaliga bu narsaga yuzaki qaradim. Og‘zimga kelgan gaplar bilan haqoratladim, u esa mening erkaliklarimga parvo qilmadi. Hammasini ko‘tardi.
Kunlar ketidan kunlar, tunlar ketidan tunlar o‘taverdi. U hamon menga qo‘ng‘iroq qilib turardi. Bora-bora uning qo‘ng‘iroqlarini intizorlik bilan kutadigan, o‘zim bilmagan holda u haqda o‘ylaydigan bo‘lib qoldim. Unga shu qadar bog‘lanib qolgandimki, bir kun kelib yo‘qotishdan qo‘rqardim. Unga erisha olmasligimni ich-ichimdan his qilsam-da, tan olgim kelmasdi. Uning sal qo‘polroq aytgan so‘zi ham meni qattiq azoblar, ko‘zlarimdan duvillab yosh to‘kilishiga sabab bo‘lardi. Shunday paytlarda dunyolarga sig‘may ketardim.
U kunlar mening eng baxtli kunlarim edi.
Kunlar o‘tib bizning munosabatlarimiz chigallashib boraverdi. Avvalgi erkalashlar, ko‘nglimga qarashlar yo‘q edi...
Yana men sevgan raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Sevinib go‘shakni ko‘tardim. Uning ovozi mahzun edi. Boshqa gaplasha olmasligini, davlat imtihonlari yakunlanishi bilan uyga qaytishini aytdi...
U Andijon viloyatidan edi. Oliy harbiy bojxona bilim yurtida tahsil olardi. Oilada yolg‘iz farzand bo‘lgani uchun ota-onasi topgan qizga unashtirilayotgani, ammo buni istamayotganligini aytdi. U gapirardi-yu, men iztirob o‘tida qovrilardim. Unga baxt tilashgina qo‘limdan kelardi... Nafratlanishni istardim-u, nafratlanolmasdim.
Biz tinchgina xayrlashdik. Hatto do‘st bo‘lib qolishga kelishdik.
Oradan ikki kun o‘tdi. Ammo bu ikki kun men uchun naq ikki asrga teng bo‘ldi.
Kutilmaganda internetdan telefonimga muallifsiz xatlar kela boshladi. Men bu xatlar muallifi u bo‘lsa kerak, degan xayolga bordim. Chunki u internetda o‘rtoqlari bilan gaplashishini aytgandi. Unga qanday qo‘ng‘iroq qilganimni o‘zim ham sezmay qoldim. U xatlarga aloqasi yo‘qligini tushuntirdi. Bu holatdan o‘zim uyalib ketdim.
U meni tushunmadi!!!
Boshqacha fikrga bordi, bir zumda xayollari o‘zgarib ketdi...
G‘oyibona sevgimizning sahifalarini bir umrga yopib, yuragimning tub-tubiga muhrlab qo‘ydim.
Xayr endi, andijonlik aldoqchi!
Aziza
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1668 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 3.0/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|