YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:30
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 8
MEXMON 8
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Июль » 26 » QUR’ONI KARIM HIDOYATIDAN
21:39
QUR’ONI KARIM HIDOYATIDAN

QUR’ONI KARIM HIDOYATIDAN 



Alloh taolo bashariyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun Qur’oni karimni nozil qildi va unda insonlarning dunyoda farovon hayot kechirib, oxiratda najot topishlariga sabab bo‘luvchi hukmlarni bayon qildi. Quyidagi oyatlarda ana shunday hukmlardan bir nechtasi zikr qilingandir. 

Jumladan, Alloh taolo shunday deydi: “Ayting (Ey, Muhammad): “Kelingiz, Rabbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni o‘qib beray: Unga biror narsani sherik qilmangiz, ota-onaga yaxshilik qilingiz, bolalaringizni qashshoqlikdan (qo‘rqib) o‘ldirmangiz — Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz. Fahsh ishlarning oshkorasiga ham, pinhonasiga ham yaqinlashmangiz, Alloh taqiqlagan (jon)ni nohaq qatl qilmangiz! Aql yuritishingiz uchun (Allohning) hukm qilgani shu(lar)dir. To voyaga yetgunicha yetimning moliga yaqinlashmangiz, magar chiroyli yo‘l bilan (yaqinlashishingiz mumkin). O‘lchov va tarozini adolat bilan to‘la ado etingiz! Hech bir jonni toqatidan tashqarisiga taklif (amr) qilmaymiz. Gapirganingizda (guvoh sifatida) garchi qarindoshingiz bo‘lsa ham, adolatli bo‘ling! Allohning (olgan) ahdiga vafo qiling. Eslatma olishingiz uchun (Alloh) qilgan hukm(lar)i mana shu(lar)dir. Albatta, mana shu (Mening) to‘g‘ri yo‘limdir. Unga ergashingiz! (Boshqa turli) yo‘llarga ergashmangiz! Aks holda, ular sizlarni Uning yo‘lidan ayirib qo‘yadi. Taqvoli bo‘lishingiz uchun (Allohning) qilgan hukm(lar)i mana shu(lar)dir” (An’om surasi, 151-153-oyatlar). 

Ibn Mas’ud raziyallohu anhu: “Kim Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning vasiyatlariga nazar solmoqchi bo‘lsa, ushbu oyatlarni o‘qisin” deganlar. 

Mazkur oyatlar Alloh taolo harom qilgan o‘nta narsani o‘z ichiga olgan. 

Birinchi, Allohga shirk keltirmaslik. Alloh taologa biror narsani shirk keltirish gunohlarning eng kattasi bo‘lib, u tufayli kishi imonidan ayriladi. Natijada, qilgan barcha toat-ibodatlari bekor bo‘lib, solih amallari ham besamar va zoe ketadi. Alloh taolo xohlagan bandasining shirkdan boshqa barcha gunohlarini kechirishi mumkinligini, ammo shirk keltirgan holda, tavba qilmay vafot etgan kishini aslo kechirmasligi haqida Qur’oni karimda xabar bergan (Niso surasi, 48-oyatiga qaralsin). 

Ikkinchi, ota-onaga yaxshilik qilish. Darhaqiqat, ota-onaga yaxshilik qilish Allohga ibodat qilishdan keyingi eng muhim amallardandir (Isro surasi, 23-oyat). Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ota-onaga yaxshilik qilishni vaqtida ado etilgan namozdan keyingi eng afzal amal ekanligini bayon qilganlar. 

Uchinchi, qashshoqlikdan qo‘rqib bolalarni o‘ldirmaslik. Bu narsa kishilik jamiyatidagi eng razil amallardan biri sanaladi. Ba’zilar johiliyat davrida faqirligi uchun farzandini boqa olmaslikdan qo‘rqib, bolasini o‘z qo‘li bilan o‘ldirar, hatto oilada qiz farzand tug‘ilishini or bilib, undan qutulish uchun ota-ona o‘z jigargo‘shasini tiriklayin ko‘mib tashlar edi. Ushbu oyat garchi johiliyat arablarida joriy bo‘lgan odatni fosh qilish xususida nozil bo‘lgan bo‘lsa-da, uning hukmi om, ya’ni qiyomatgacha keladigan insonlarga taalluqlidir. Johiliyat arablari go‘dakni tiriklayin ko‘mish, vaqti soati yetmay turib beuzr homilani oldirib tashlash, shuningdek, homilaning oldini oluvchi dorilar iste’mol qilish ushbu oyatning hukmiga doxildir. Ammo ayol kishining biror kasalga chalinganligi tufayli, mutaxassislar tomonidan tug‘ishi mumkin emasligi ta’kidlangan holda homilani olib tashlashga ijozat beriladi. Rivoyat qilinishicha, Ibn Mas’ud raziyallohu anhu Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallamdan: Gunohlarning eng kattasi qaysi? — deb so‘raganlarida, U zot: “Allohga biror narsani teng tutmoqliging, holbuki U seni yaratgan”, — deb javob berganlar. Undan keyingi katta gunoh qaysi? — deganlarida: “O‘z farzandingni sen bilan birga taom yemoqligidan qo‘rqib o‘ldirmog‘ing”, — dedilar. So‘ngra qaysi deb so‘raganlarida: “Qo‘shnining ayoli bilan zino qilmog‘ing”, — dedilar (Muttafaqun alayh). 

To‘rtinchi, oshkora va maxfiy tarzdagi fahsh ishlarga yaqin yo‘lamaslik. Alloh taolo fahsh ishlarning kattasini ham, kichigini ham, oshkorasini ham, maxfiysini ham harom qilgan. Zero, U mo‘min-musulmon bandalarini fahsh ishlarga yaqin kelishlarini yoqtirmaydi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Alloh taoloning mo‘min bandalarini gunoh ishlardan qizg‘anishini bayon qilib, shunday marhamat qilganlar: “Hech kimning rashki Allohnikidan ko‘ra kuchli emas. Shuning uchun ham U oshkora va maxfiy tarzdagi fahsh ishlarni harom qildi” (Muttafaqun alayh). 

Beshinchi, Alloh harom qilgan jonni o‘ldirmaslik. Ma’lumki, nohaq odam o‘ldirish, begunoh kishilarning qonini to‘kish nafaqat Islomda, balki barcha samoviy dinlarda ham harom qilingan. Sog‘lom aqlli, sof vijdonli har qanday inson buni inkor etmaydi. Shuning uchun ham har qanday jamiyatda nohaq odam o‘ldirish og‘ir jinoyat sanaladi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Mo‘min kishiga mo‘min kishining uch narsasi harom: moli, qoni va obro‘si”, — deb marhamat qilganlar. 

Oltinchi,
yetimning moliga xiyonat qilmaslik va yaqin yo‘lamaslik. Ma’lumki, yetimlar jamiyatdagi eng ojiz va himoyasiz toifadir. Shuning uchun ham, Islom dinida ularni parvarish qilishga targ‘ib qilingan. Yetimga tegishli bo‘lgan mol-mulkni saqlab turgan kishi uni asrab-avaylashi, isrof qilmay, tejab-tergab tasarruf qilishi lozim. Yetimlarning ojiz va himoyasizligidan foydalanib, mol-mulkini o‘zlashtirib olish yoki uni saqlab turganligini pisanda qilib keragidan ortig‘icha sarf-xarajat qilish og‘ir gunoh ekanligi Qur’oni karimda bayon qilingan (Niso surasi, 10-oyat). 

Yettinchi, o‘lchov va tarozini adolat bilan to‘g‘ri qo‘yish. Ushbu oyat o‘zgalarning haqiga xiyonat qilmaslikka chaqiradi. Zotan, o‘zgalarning haqiga xiyonat qilish ko‘pincha savdo-sotiq vaqtida sodir bo‘lgani uchun ham oyatda o‘lchov va tarozi alohida ta’kidlanmoqda. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘lchov va tarozida ishlovchi kishilarga qarata: “Agar o‘lchovda halol va adolatli bo‘lmasangiz, shu ish tufayli avval o‘tgan ba’zi ummatlar halokatga uchraganlarini unutmasliklarini ta’kidlaganlar”. 

Sakkizinchi, so‘zlaganda adolat bilan so‘zlash. Rostgo‘ylik eng go‘zal fazilatdir. U insonni jannatga yetaklashi, yolg‘onchilik esa, mo‘min-musulmonga yot illat bo‘lib, uning oqibati jahannam bilan yakun topishi hadisda keltirilgan. Xususan, guvohlik vaqtida yolg‘on ishlatish eng og‘ir gunohdir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam gunohi kabiralarni zikr qila turib, shular jumlasida yolg‘on guvohlik berishni bir necha marta takrorlaganlar. 

To‘qqizinchi, Allohga berilgan ahdga vafo qilish. Allohga imon keltirish U bilan ahdlashish demakdir. Islom dini ta’limotiga ko‘ra, Qur’oni karim go‘yoki Alloh taolo bilan musulmon banda o‘rtasidagi ahdnomadir. Shunday ekan, Qur’on ahkomlariga amal qilib yashash ahdga vafo qilish demakdir. 

O‘ninchi, to‘g‘ri yo‘lga ergashish. Yuqorida zikr qilingan oyatlar Alloh taoloning to‘g‘ri yo‘lini ifodalovchi hukmlar jumlasidandir. Ana shu hukmlarga rioya qilib yashagan inson shu dunyoda baxtu saodatga, oxiratda esa ulkan darajalarga erishadi. Aksincha, o‘zga yo‘lga ergashish, aytilganlarning aksini bajarish ayni zalolat bo‘lib, uning oqibati bu dunyoda haqdan ajralishlikka, oxiratda esa hasratu nadomatga sabab bo‘ladi. Rivoyat qilinishicha, bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi vasallam uzun bir chiziq chizdilar va: “Bu Allohning to‘g‘ri yo‘li”, — dedilar. Keyin uning atrofiga bir nechta mayda chiziqlar tortdilar va: “Bu zalolat yo‘llaridir, bu yo‘llarning har birining boshida shayton turibdi”, — dedilar va bu (An’om surasi, 153-oyat)ni o‘qidilar (Imom Ahmad rivoyati). 

Alloh taolo barchalarimizni O‘zining to‘g‘ri yo‘lida mustaqim bormoqlikka nasib qilsin. 

Muhammadnazar QAYUMOV,



Категория: ISLOM | Просмотров: 1414 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz