O‘zbek o‘g‘lonlariga!
Qizlar shim kiysalar shu ham aybmi?
Shuncha g‘alatimi dunyoning ishi?
Qizlar shim kiysalar ibosi hayfmi?
Shuncha ibosizmi O‘zbekning qizi?
Asli sizda bormi yigitlik ori,
Bormi Otabegu Farhod g‘ururi?
Ortiqjonning bormi Kumushdek yori,
Undan topganmikin ishqning sururin?
Ey, o‘zbek o‘g‘loni, nomus posboni,
G‘arblik sanamlarni peshlamang bizga.
Sharqlik go‘zallarning bordir zaboni,
Lekin to‘tilarni o‘xshatmang qizga.
Sizni ergashtirgan g‘arblik shunqori,
Sizga Tarkan, Bachchan ustoz aslida.
Hindlardek quloqda zirak jilvador,
Chin er yigit bormi Sharqning ahlida?
Er yigitga omad uch bor kelarkan,
Siz bu omadlarga muyassarmisiz?
O‘zbekning alp o‘g‘li tog‘ni titratar,
Siz-chi? Harbiy xizmat o‘taganmisiz?
Unutmaylik shuni, aziz akajon,
Nomus barchamizga eng kattakon baxt.
G‘ururni yo‘qotmang sizlar hech qachon,
Bizlar ham sevamiz shuning-chun FAQAT!
Sadoqat
|