Yaqinda bir yigitdan uyimizga sovchi keldi. U bilan uchrashdim. Ammo yigitning o‘zini tutishi, osmondan kelib gapirishi menga yoqmadi.
Ayniqsa, “Ayollarning o‘rni uyda bo‘ladi, erining topganiga qanoat qilib yashaydi”, degan gapidan jahlim chiqdi. Bu gapni shunday ohangda aytdiki, qizu ayollarni mensimasligi, o‘zini ulardan baland qo‘yishi bilinib qoldi. Men bunday odam bilan yasholmayman. Turmushga chiqib, farzand tarbiyasi bilangina mashg‘ul bo‘lib, uyda o‘tirish ham menga ma’qul emas. Axir qizlarning ham kelajak bobida o‘z orzulari, rejalari bor-ku!