SOG‘LOM TURMUSH TARZINGIZ QANDAY? Hozirgi kunda ishlash, ro‘zg‘or tebratish uchun, eng avvalo, salomatlikni yaxshilab borgan ma’qul. Shunda ish unadi, kayfiyat ko‘tarinki bo‘ladi. Afsuski, ko‘pchilik ishxonaga kelgach, kun bo‘yi bir necha marta “Uf-f, kuch qolmadi ishlashga!” degan iborani takrorlashga odatlangan. Quyidagi test yordamida o‘zingizni tekshirib ko‘ring-chi!
1. Agar erta uyg‘onish niyatingiz bo‘lsa:
a) soat qo‘ng‘irog‘i (budilnik)ni turishim lozim bo‘lgan vaqtga qo‘yib yotaman (3 ball)
b) ichki ovozga ishonaman (2 ball)
v) tasodif tufayli uyg‘onishdan umid qilaman (0 ball)
2. Ertalab uyg‘ongach:
a) o‘rnimdan sapchib turib, ish bilan shug‘ullanaman (1 ball)
b) shoshilmasdan o‘rnimdan turib, badantarbiya bilan shug‘ullanaman. Ana undan so‘ng ishga otlanaman (3 ball)
v) soatga qarab yana picha vaqt borligini ko‘rgach, qaytadan o‘ringa yonboshlayman (0 ball)
3. Nonushtangiz odatda nimadan iborat bo‘ladi?
a) qahva va buterbroddan (2 ball)
b) go‘shtli ovqat va qahva yoki choy (3 ball)
v) ertalab umuman nonushta qilmayman (0 ball)
4. Ishga qay vaqtda kelasiz?
A) o‘z vaqtida kelaman (0 ball)
B) yarim soat kechikib kelaman (3 ball)
V) ishga qatnashda jiddiy rejimga egaman (2 ball)
5. Siz tushlikka ajratilgan vaqtda qanday imkoniyatlar yaratilishini istardingiz?
a) oshxonada ovqatlanishga ulgursam, deyman (0 ball)
b) shoshilmasdan ovqatlanib, qahva ham ichsam (1 ball)
v) shoshilmay ovqatlangach, tag‘in picha dam olishni xohlayman (3 ball)
6. Ishda hamkasblar bilan biroz kulishishga, hazil-huzul qilishga qachon vaqt topasiz?
a) har kuni (3 ball)
b) ba’zida (2 ball)
v) bunday imkoniyat kam bo‘ladi (0 ball)
7. Ishda kim bilandir janjallashib qolsangiz:
a) uzoq vaqt janjallashsam-da, o‘z fikrimdan qaytmayman (0 ball)
b) janjalni to‘xtatib, nari ketaman (0 ball)
v) o‘z fikrimni yana bir bor tushuntiraman-da, janjalni to‘xtataman (3 ball)
8. Ishdan keyin uzoq vaqt ushlanib qolasizmi?
a) 20 daqiqadan ko‘p emas (3 ball)
b) Bir soatgacha ushlanishim mumkin (1 ball)
v) Bir soatdan ortiq (0 ball)
9. Bo‘sh vaqtingizni nimalarga bag‘ishlaysiz?
a) Do‘stlar bilan uchrashish va jamoat ishlariga (1 ball)
b) O‘zim yoqtirgan mashg‘ulotlarga (2 ball)
v) Uy yumushlariga (3 ball)
10. Mehmon kutish va do‘stlar bilan ko‘rishish siz uchun...
a) tashvishlardan ozgina bo‘lsa-da chekinish (3 ball)
b) pul va vaqt yo‘qotish (0 ball)
v) anchagacha unutib bo‘lmaydigan qayg‘u (0 ball)
11. Qachon uxlashga yotasiz?
a) har doim bir vaqtda (3 ball)
b) kayfiyatga qarab (0 ball)
v) ishlarni tugatgach (0 ball)
12. Ta’tilingizni qanday taqsimlaysiz?
a) necha kun dam olishim kerak bo‘lsa, hammasini birdaniga olib qo‘ya qolaman (2 ball)
b) yarmini yozda, yarmini qishda olaman (3 ball)
v) ish ko‘paygan vaqtlarda ikki-uch kunlab ta’tilga chiqib turaman (0 ball)
13. Hayotingizda sport qanday o‘rinni egallaydi?
a) sport bilan shug‘ullanishdan ko‘ra tomoshabinlik qilish tarafdoriman (0 ball)
b) ochiq havoda har kuni badantarbiya bilan shug‘ullanaman (3 ball)
v) ishdagi zo‘riqishlar ham yetib ortadi (0 ball)
14. So‘nggi ikki haftada quyidagi ishlar bilan shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keldimi?
a) raqs tushish (3 ball)
b) sport yoki jismoniy ish bilan mashg‘ul bo‘lish (3 ball)
v) to‘rt chaqirimdan ortiq piyoda yo‘l bosish (3 ball)
15. Yozgi ta’tilni qanday o‘tkazasiz?
a) kamdan-kam hollarda dam olaman (0 ball)
b) jismoniy mehnatga sho‘ng‘iyman (2 ball)
v) sayr qilaman va sport bilan shug‘ullanaman (8 ball)
16. Sizning izzattalabligingiz quyidagi hollarda namoyon bo‘ladi:
a) maqsadga har qanday yo‘l bilan yetmasdan qo‘ymayman (0 ball)
b) ishonamanki, tirishqoqlik bir kun o‘z mevasini beradi (3 ball)
v) atrofdagilarga o‘zimning qanchalar qimmatli odamligimni ishoralar bilan ko‘rsataman (1 ball)
NATIJALAR:
40-48 ball
Siz yashashni bilasiz. Ish va dam olishni to‘g‘ri taqsimlaysiz.
28-39 ball
Sog‘lom turmush tarziga juda yaqin turibsiz. Baribir o‘z imkoniyatlaringizni chamalab, to‘g‘ri sarflashga o‘rganib ulgurgansiz.
16-27 ball
Agar bu yog‘iga ham shu ahvolda yashasangiz, nafaqagacha salomat yetib borishingizga biroz shubha tug‘ilishi mumkin.
16 balldan kam.
Hayotingizga havas qilib bo‘lmaydi. Basharti yuragingiz tez-tez xuruj qilib turishidan noliyotgan bo‘lsangiz, birovni emas o‘zingizni ayblang. O‘ylaymizki, ishlaringiz ko‘ngildagidek emas. Vaqt borida hayotni qaytadan boshlang.
|