Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июль » 21 » TEST
|
«SIZ QANDAY SUHBATDOSHSIZ?»
Birov bilan suhbat qurganda o‘zingiz gapiraverishingiz, suhbatdoshingizga navbat bermasligingiz, albatta, beodoblik hisoblanadi. Xo‘sh, o‘zingizni bu sohada ham tekshirib ko‘ring-chi!
1. Siz bilan gaplashayotgan odam og‘zingizga tikilib turaversa, siz:
a) xotirjam gapiraverasiz (0 ball)
b) jahlingiz chiqa boshlaydi (5 ball)
v) qo‘rqasiz (3 ball)
2. Suhbatdoshingiz sizga gapirishga navbat bermasa, siz:
a) xafa bo‘lasiz (5 ball)
b) jim turib uni tinglaysiz (0 ball)
v) u odamdan ko‘nglingiz qoladi (2 ball)
3. Suhbatdoshga xalal berayotganingizni sezsangiz, siz:
a) o‘zingizni noqulay his etasiz (2 ball)
b) xayolan uni ko‘rishga ko‘zingiz bo‘lmaydi (5 ball)
v) suhbatni tugatib qo‘ya qolasiz (0 ball)
4. Suhbatdoshingiz gapingizni oxirigacha tugatishga qo‘ymay, so‘zingizni bo‘laversa, siz:
a) qo‘pol qilib aytganda, g‘ajib tashlashga tayyorsiz (5 ball)
b) gapni qisqaroq qilishga urinasiz (0 ball)
v) e’tibor bermaysiz (1 ball)
5. Suhbatdoshingiz suhbat davomida xo‘mrayib turaversa, qanday holatga tushasiz?
a) xavotirlana boshlaysiz (1 ball)
b) g‘ashingiz keladi (5 ball)
v) achinasiz (0 ball)
6. Suhbatdoshingiz xuddi gapingizni eshitmagandek, takrorlashingizni so‘rasa, siz:
a) bunaqa odamlarni ko‘rishga ko‘zingiz yo‘q (5 ball)
b) rostdan ham eshitmagan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaysiz (0 ball)
v) ba’zan g‘ashingiz keladi (2 ball)
7. Suhbatdoshingiz gapirayotgan gapingizga qiziqish bilan qaramasa, siz:
a) sira yoqtirmaysiz (0 ball)
b) g‘ashingizga tegadi (5 ball)
v) sizga baribir (1 ball)
8. Suhbatdoshingiz gap orasida hadeb atrofga alanglayversa, siz:
a) xafa bo‘lasiz (5 ball)
b) e’tibor qilmaslikka urinasiz (0 ball)
v) indamaysiz (3 ball)
9. Gap orasida suhbatdoshingiz umuman ko‘zingizga tik boqmasa, o‘zingizni qanday his etasiz?
a) bu unchalik qulay holat emas (0 ball)
b) unga o‘qrayib qo‘yasiz (5 ball)
v) jahlingiz chiqadi (1 ball)
10. Siz jiddiy masalada gapirsangiz-u, suhbatdoshingiz hazilga yo‘ysa:
a) xotirjam gapiraverasiz (1 ball)
b) unga qo‘shilib kulasiz (0 ball)
v) nafratlanasiz (5 ball)
NATIJALAR:
0-10 BALL. Siz ajoyib suhbatdoshsiz va kerak bo‘lsa, qanday munosabat yuritishni boshqalarga o‘rgata olasiz.
11-30 ball. Sizni ham yaxshi suhbatdosh deyish mumkin. Chunki, boshqalarni erinmay tinglay bilasiz.
31-40 ball. Siz suhbatdoshga nisbatan haddan ziyod tanqidiy ko‘z bilan qaraysiz va suhbat davomida faqat uning kamchiliklarini qidirasiz.
41-50 ball. Afsuski, siz yaxshi suhbatdosh emassiz. Biroq to‘g‘ri munosabatlar yuritishga o‘rganish mumkin.
|
Категория: Тесты |
Просмотров: 1980 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 4.5/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|