Haqiqatan, Voronejda yashovchi yetmishni qoralab qolgan qariya Aleksandr Ignatev elektr toki o‘tgan simni bemalol ushlab tura olarkan. Vaholanki, insonning yorug‘ dunyo bilan vidolashishi uchun 40 volt tok kifoya qiladi. Lekin qariya 220 voltli simlarni qancha vaqt ushlab turmasin, unga hech narsa qilmaydi.
— Bu qobiliyat menda anchadan beri bor, — deydi u. — Ammo shu kungacha hech kimga aytmasdim. Jinniga chiqarib qo‘yishlaridan cho‘chirdim. Mana endi mutaxassislar meni istaganlaricha sinab ko‘rishlari mumkin. Chunki men choy qaynatadigan simni choynakka tiqib, yoki mixni rozetkaga tiqqancha uzoq vaqt tura olaman.