Daniyalik Monika Zudendorf eri o‘lgach, juda yolg‘izlanib qoldi. Bir kuni o‘ylab-o‘ylab shunday qarorga keldi: marhum erining qabrini hamma havas qiladigan ko‘rinishga keltiradi. U qabr atrofiga gul ekib chiqdi va har kuni kelib ularni sug‘ora boshladi. Biroq gullar ostidan oqqan suv qo‘shni qabrning tuprog‘ini bo‘shatib yubordi-yu, oxirgi marotaba Monika gullariga suv quyish uchun kelib kutilmaganda o‘sha qabrga tushib ketdi.
Endi kuchli qo‘rquvga tushib, sog‘lig‘ini yo‘qotgan ayol uzoq vaqt davolanishga majbur. Bundan tashqari, u qabriston qonunlariga xilof ish tutgani uchun katta miqdorda jarima ham to‘laydi.