«O‘Z-O‘ZIMGA XO‘JAYINMAN»
O‘ziga o‘zi xo‘jayin bo‘lishni har kim ham uddalay olmaydi. Tasavvur qiling, hech qaerda ishlamaysiz, qaerga xohlasangiz, o‘sha yerga ketaverasiz. Dam olgingiz kelsa, marhamat, divanga cho‘zilasiz... Ammo tirikchilik-chi? Pulni qaerdan olasiz? Qarangki, shunday odamlar ham oramizda yo‘q emas. Ular hech qaerda ishlamasdan ham kun bo‘yi tashkilotda ter to‘kib mehnat qilganlardan ko‘proq pul topadi. Ushbu testni yechib, siz ham o‘zingizni tekshirib ko‘ring-chi!
1. Nimani xohlasangiz, o‘sha ish bilan shug‘ullanishni tasavvur eta olasizmi?
a) ha (3 ball);
b) bu juda mushkul, chunki men yoqtirgan ish o‘zim istagandek foyda keltirmasligi ham mumkin (2 ball);
v) yo‘q, doimiy maosh olib turadigan ishdan boshqasini tasavvur eta olmayman (1 ball).
2. Kutilmaganda qo‘lingizga katta pul tushib qoldi. Kelgusi hayotingizni qanday qurasiz?
a) nima qilsam qilaman, lekin qaergadir borib ishlamayman (1 ball);
b) o‘zimga yoqadigan biror yumush bilan mashg‘ul bo‘laman (2 ball);
v) tijoratga qo‘l uraman (3 ball).
3. Ish joyingizda muhit o‘zgardi. Qanday yo‘l tutasiz?
a) zudlik bilan boshqa ish qidira boshlayman (2 ball);
b) bundan ham yomoni bo‘lishi mumkin. Kutaman (1 ball);
v) adashmasam, yana erkinlikka yo‘l ochildi-yov! (3 ball).
4. Uyda o‘tirib yaxshi pul topadigan ishni taklif qilishdi. Siz nima qilasiz?
a) shu kuniyoq ishdan bo‘shayman (1 ball);
b) tanishlarimga maslahat solib ko‘raman (2 ball);
v) bunga e’tibor berib o‘tirmay, ilgarigidek ishlayveraman (3 ball).
5. Sizning firmangizni raqobatchi firma inqirozga uchratdi va sizga uyda o‘tirib bajariladigan ish taklif etdi. Siz:
a) bu ajoyib imkoniyat (1 ball);
b) xafa bo‘laman. O‘zimni hech kimga keraksiz deya hisoblay boshlayman (2 ball);
v) bu hodisa sodir bo‘lmasligi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman (3 ball).
NATIJALAR:
5 dan 7 ballgacha.
Agar hamon ishxonada ter to‘kayotgan bo‘lsangiz, buni kechirib bo‘lmaydi. Siz allaqachon mustaqil bo‘lish yoshiga yetgansiz.
8 dan 12 ballgacha.
Ishlash — yashash degani. Bu shior sizga bolalikdan tanish. Sizga bir me’yorda ishlash, yashash ko‘proq yoqadi.
13 dan 15 ballgacha.
Siz uchun qaerdadir ishlamasdan mustaqil pul topish shunchaki ertak, xolos.