Haqiqatan, hech qanday kuch odamlarni dam olishdan to‘xtata olmasligi yaqinda yana bir bor o‘z isbotini topdi. Qrimda dam olayotgan bir homilador ayolni kutilmaganda dard tutib qoldi. Tezlik bilan vrachlarga xabar berishdi. Chunki vaqtida yordam ko‘rsatilmasa, nima bo‘lishini barcha bilardi. Ayol hali suvdan chiqa olmagani sababli dengiz bo‘ylab qutqaruvchi qayiq uchib kelardi. Xayriyatki, vrachlar o‘z vaqtida ayolga yordam ko‘rsatishdi. Uning ko‘zi yoridi. Ammo kurortdan ketib kasalxonaga yotishni istamadi. Uning aytishicha, dam olish muddati tugashiga yana uch kun qolgan ekan.