Статистика |
XOZIR SAYTDA 3 MEXMON 3 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июль » 16 » Maykl Jekson
|
MAYIT 1,4 MILLION DOLLARGA XAYRLASHADI
O‘tgan hafta Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan Maykl Jekson bilan xayrlashuv marosimiga 1,4 million dollar sarflandi, deb xabar beradi shahar ma’muriyati vakili Sara Gamilton.
Pulning asosiy qismi ko‘chalarda patrullik xizmatini o‘tayotgan politsiyachilarga, axlatni yig‘ishtirishga, sanitariya-profilaktika ishlariga sarflandi. Shaharda tartibni saqlashga uch mingga yaqin politsiyachi (shahar politsiyachisining uchdan biri) jalb etildi. Boshqa ma’lumotlarga qaraganda, politsiyachilar soni to‘rt mingdan ham ortiq bo‘lgan.
Marosimdan avval Los-Anjeles ma’muriyati o‘z saytida sahifa ochib, Maykl Jeksonning muxlislarini dafn marosimi uchun xayriya qilishga undagan edi, lekin xayriya fondiga tushgan pul atigi 17 ming dollar bo‘ldi.
Shunga qaramay, shahar ma’muriyati matbuot xizmatida qayd etilishicha, marosimga kutilgandan kamroq sarf-xarajat qilindi. Ilk hisob-kitoblarga ko‘ra, pop-musiqa qiroli bilan xayrlashuvga to‘rt million dollar sarflash mo‘ljallangandi.
Xayrlashuv marosimi shahar tarixidagi sarflangan pul miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
“Billboard” nashri keltirgan ma’lumotga ko‘ra, qo‘shiqchi bilan xayrlashuv marosimini televizor orqali 30,9 million amerikalik tomosha qilgan. Xayrlashuv marosimlariga buncha ko‘p ommaning jalb etilishi AQSh prezidenti Ronald Reygan (35 million kishi) va malika Diana (33,2 million kishi) bilan xayrlashuv paytida kuzatilgandi.
Internet-saytlar orqali translyatsiya qilingan marosim ham ko‘p millionli auditoriyani yig‘di.
Londondagi Tyusso xonim muzeyida esa Maykl Jeksonning mumdan yasalgan yangi haykali o‘rnatildi. Uni haykaltarosh Stiven Mensfild yaratdi. Bu qo‘shiqchining Tyusso xonim muzeyidagi o‘n uchinchi haykali sanaladi. Haykaltaroshlar eng ko‘p qirolicha Yelizaveta II ning haykalini yasashgan.
Maykl Jeksonning yangi haykalini yaratish ishlari to‘rt oy avval boshlangan. Muzey rahbariyati haykalni Londonda o‘tishi kerak bo‘lgan “This Is It!” shoulariga qadar tugatishni rejalashtirgandi. Haykal kontsert posterlari asosida yaratildi.
Londonda Maykl Jeksonning ikkita mum haykali bor. Yana o‘nta haykalni Tyusso xonimning dunyoning boshqa davlatlarida joylashgan muzeylarda ko‘rish mumkin.
|
Категория: JAHON YULDUZLARI |
Просмотров: 2187 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 4.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|