YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:35
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 14
MEXMON 14
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Июль » 15 » Birinchi muhabbatim
18:02
Birinchi muhabbatim
“QALBIMDA SO‘NMAS OHIM...”



Birinchi muhabbatimni eslaganimda, ko‘zimga yosh keladi doim. Yig‘lagim keladi beixtiyor...

Uning munis chehrasi ko‘z oldimga kelganda, o‘zimni aybdor his qila boshlayman. Qanchalar yosh, sodda edi u. Men qanchalik sevardim uni. Shunchalar sevardimki, shamolni ham ravo ko‘rmasdim. Ko‘zlari yoshlanishini, ko‘ngli qayg‘u nimaligini bilishini istamasdim. Lablarida hamisha tabassum bo‘lishini xohlardim. Ammo u negadir doim g‘amgin yurardi. Ko‘zlari ma’yus boqardi menga. Nega bunchalik tushkun yurishi sababini tushunolmasdim. Sababini so‘raganimda, mahzun jilmayish bilan kifoyalanardi, dardini aytishni istamasdi sira. Qanchalik qistamay, tayinli javob ololmasdim. Bundan ko‘p siqilardim, lekin unga qattiq gapirolmasdim.

Bir kuni uning kasalxonada yotganidan xabar topdim-u, ko‘nglim yomon xijil bo‘ldi. Yomon hodisa yuz beradigandek yuragimga g‘ulg‘ula tushdi. Imkon topishim bilan kasalxonaga yugurib bordim. Uning ahvoli og‘ir ekan. Doktorlardan so‘rab-surishtirib jigar tsirroziga yo‘liqqanini bildim. Anchadan beri og‘riyotgan ekan. Shuning uchun tez-tez davolanib turarkan. Lekin bu davolanishlar samarali emas ekan...

Palataga kirganimda, rangi-ro‘yi bir ahvolda yotganini ko‘rib, yig‘lab yuborishdan o‘zimni zo‘rg‘a tiydim. Meni ko‘rishi bilan o‘rnidan turishga chog‘landi.

— Yotaver, yotaver... — yoniga cho‘kkalab, sochlarini silarkanman, nima deyarimni bilmasdim.

— Nimaga xafasiz? — so‘radi u quvnoq ohangda gapirishga urinib.

— Menga ishonmaganing uchun... Nega shu paytgacha aytmaganding? — men undan chindan ham xafa edim.

— Sizga ishonmaganim uchunmas, xafa qilishni istamaganim uchun aytmagandim... — uning ovozi juda past eshitildi. Ko‘zlaridan duvillab yosh quyildi. — Meni kechiring...

— Kechirim so‘rama, — o‘zim ham yig‘lab yuborishga tayyor edim. Lekin uning yonida kuchliroq bo‘lishim kerakligini tushunardim. — Seni tushunib turibman. Shuni deb tushkunlikka tushishing yaxshimas. Menga avvalroq aytishing kerak edi...

— Foydasi yo‘q... — u ayanchli iljaydi. — Avvalroq aytganimda ham, hech nima o‘zgarmasdi. Buni hech kim o‘zgartirolmaydi.

— Hamma dardning davosi bor...

— Ajalning davosi yo‘q...

— Bo‘lmag‘ur gaplarni qo‘y! — baqirib yubordim o‘zimni tutolmay. — Nega hozirdan bunchalik tushkunlikka tushib qolding?! Aytyapman-ku, hamma dardning davosi bo‘ladi. Faqat astoydil harakat qilish kerak...

— Oyim bilan adam ko‘p harakat qilishdi... — uning ko‘z yoshlari tingan, ammo ko‘zlari juda-juda qayg‘uli edi. — Natija bo‘lmadi shu paytgacha. Qancha tabiblarga olib borishdi, davolatishdi... Ahvolim yaxshilangandek bo‘ladi-yu, yana...

— Iltimos, unday dema, — uning gaplariga ishonishni, haqiqatni tan olishni istamasdim. — Hali ko‘p yashaysan, bunga ishonchim komil. Faqat umidingni uzmasliging kerak. Dardni bergan Alloh davosini ham beradi.

— Koshkiydi... — u yana boyagidek mahzun kulib qo‘ydi.

Shu ma’yus tabassumi yuragimni yomon o‘rtab yubordi. Hoziroq undan ajralib qoladigandek qo‘rqib ketdim. Tanishganimizdan beri ilk bor jur’at qilib uning lablaridan o‘pdim. U qarshilik qilmadi...

O‘shanda bu bo‘sa birinchisi va oxirgisi bo‘lib qolishini o‘ylamagandim...

Uning ahvoli yaxshilanganday bo‘ldi. Lekin bu holat uzoqqa cho‘zilmadi. Bir haftadan so‘ng yana kasalxonaga yotqizishdi. Bu safar o‘zim ham umidsizlikka tushdim. Uning ahvoli juda og‘ir edi. Erta-indin o‘lishiga shubha qilmasdi. Gap-so‘zlaridan ham umidsizlik hidi kelardi. Eng yomoni, men unga qanday dalda berishni, nima deb umidlantirishni bilmasdim. Hamisha burro tilim taskin bera oladigan so‘z topishga kelganda ojizlik qilardi...

Yana ikki hafta o‘tdi. Uning ahvoli yaxshilanmadi. Kundan-kun so‘lib boraverdi. Buni ko‘rish menga og‘ir edi. Qo‘limdan hech nima kelmasligini o‘ylab, ich-etimni yerdim. Ammo...

Uning o‘lganini eshitganimda, dunyo ko‘zimga qorong‘i ko‘rinib ketdi. Yashagim kelmay qoldi. O‘sha paytda o‘lishga ham tayyor edim. Usiz yashay olishimga ishonmasdim...

Yillar o‘tdi. Ayriliq azobi hozir o‘sha kungiday emas, ammo uni eslaganimda, o‘zimni aybdorday sezaman. Uning o‘limida mening ham aybim borday tuyiladi...

BEHZOD




Категория: SEVGI | Просмотров: 1772 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz