Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июль » 15 » MUHABBAT QACHON KELADI
17:57 MUHABBAT QACHON KELADI |
MUHABBAT QACHON KELADI
Ba’zilar, ayniqsa hozirgi kunda shunday holat ko‘p uchrayapti, qanchalik yaxshi kiyinsa, tanishuv saytlarida ko‘p o‘tirsa, nomzodlar safini kengaytirsa, muhabbatni uchratishiga umid qiladi. Aslida, unday emas.
Muhabbat siz kutmagan, o‘ylamagan bir paytda qalbingizga kirib keladi. Siz uning kelganini sezmay ham qolasiz. Tanishishni istash-istamasligingizdan qat’i nazar, o‘zi yo‘l topib keladi ko‘nglingizga. Kun bo‘yi to‘rt devor orasida o‘tirsangiz ham, ko‘chaga chiqmasangiz ham, muhabbat sizni topib kelishi hech gap emas. Buning uchun tanishuv saytida o‘tirish ham, yaxshi kiyinish ham, odamlar orasidan Uni izlash ham shart emas. Bunga aslo shubha qilmang.
Muhabbat kutilmaganda kirib keladi. Xo‘p, ko‘ngilga kirib keldi ham deylik. Keyin nima bo‘ladi? Qanday yo‘l tutamiz? Uni munosib kutib olishga tayyormizmi? Yoki haqiqiy tuyg‘ular qadrini anglamasdan, billur idishday chil-chil sindiramizmi? Shubhalar to‘rida qoldiramizmi? Yoki zar qadrini bilgan zargarday uni yuragingiz to‘rida gardu g‘uborlardan, hasadgo‘y kimsalarning g‘arazli ko‘zlaridan saqlab yashaysizmi? Bu faqat sizga, ko‘nglingizdagi muhabbatning qanchalar teran va samimiyligiga, bardoshingizga bog‘liq.
Agar siz sevgingizni asray olmasangiz, unga yuzaki qarasangiz, demak, uni qabul qilishga tayyor emassiz. U asta-sekin so‘na boshlaydi. Sevgi bilan xayrlashish esa oson bo‘lmaydi. Ancha azoblanishingizga, iztirobga tushishingizga to‘g‘ri keladi. Toki qaerda xato qilganingizni anglamaguningizga qadar...
Mana, siz muhabbatning tashrifini intiqib kutyapsiz. O‘z yarimtasini topgan do‘st-yorlarga havas bilan qarayapsiz. Ammo o‘zingiz sevishga tayyormisiz? Muhabbat kutilmaganda kirib kelsa, dovdirab qolmaysizmi? Axir, muhabbat hech qachon tashrifidan ogohlantirmaydi. Besas-besado kirib keladi-yu, qalbingizni butunlay egallab oladi...
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1605 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|