Uning sizga befarq emasligini sezdingizmi? Bunga ishonch hosil qilmoqchimisiz? Sizni sevishiga isbot bor: 1) U siz bilan gaplashishga bahona qidiraveradi.
2) U turli yo‘llar bilan sizning e’tiboringizni tortishga urinadi. U, ehtimol, sochingizni tortishi va hatto sizni mazax qilishi ham mumkin.
3) Unga siz haqingizdagi gaplarni eshitish yoqadi.
4) Do‘stlar davrasida sizga e’tibor bermaslikka urinadi-yu, baribir ko‘z uzolmaydi.
5) Oddiy savol berganingizda ham javobiga tutilib qoladi.
6) Sizning yoningizda o‘zini boshqacha tutadi.
7) Nuqul sizda taassurot qoldirishga harakat qiladi.
8) U sizni boshqalardan himoya qiladi.
9) Yoniga borganingizda, qizaradi va xijolat tortadi.
10) U sizga hech kimga aytmagan dil so‘zlarini aytadi va sizning ham xuddi shunday qilishingizni kutadi.