Asabiylik davrimizning eng og‘riq nuqtalaridan biridir. Ko‘pchilik haddan ortiq zo‘riqishlar tufayli bu kasallikka duchor bo‘ladi. Xo‘sh, kundalik asabiyliklarni siz qanday bartaraf eta olasiz? Shunday lahzalarda o‘zingizni qo‘lga ola bilasizmi? Bu test qaysidir ma’noda yuqoridagi savollarga javob topishingizga yordam bersa ajab emas.
Har bir savolga berilgan javoblar quyidagicha baholanadi:
Ha — 5 ball.
Unchalik emas — 3 ball.
Yo‘q — 0 ball.
Quyidagi holatlar asabingizni qo‘zg‘aydimi?
1) Siz o‘qishni istab turgan gazeta g‘ijimlab tashlangan bo‘lsa;
2) yoshi o‘tib qolayozgan ayol yoshlardek kiyinib olsa;
3) tiqilinch tramvayda ketayotganingizda kimdir sizga haddan tashqari yaqin turib olsa;
4) ko‘chada sigaret chekib turgan ayolni ko‘rib qolsangiz;
7) sevimli ayolingiz (eringiz) kechikayotgan bo‘lsa;
8) kinoteatrda o‘tiribsiz-u, yoningizdagi o‘rindiqda o‘tirgan odam nuqul qimir-qimir qilaversa yoki filmni ovoz chiqarib muhokama qilaversa;
9) endi o‘qimoqchi bo‘lib turgan kitobingizni kimdir gapirib berishga chog‘lansa;
10) sizga keraksiz buyumni sovg‘a qilishsa;
11) jamoat transportida boshqalarning baland ovozda suhbatlashishlari;
12) atirning o‘tkir hidlisi;
13) suhbat davomida kimningdir o‘zini jahldor tutishi;
14) hamkasbingiz gap orasida o‘zga tillarga oid so‘zlarni ishlataversa.
JAVOBLAR:
50 dan yuqori ball: Sizni sabrli, kamsuqum odamlar qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi. Arzimagan bahona bilan o‘zingizni qo‘lga ololmay qolasiz. Shuning uchun ham nafaqat asablaringiz ishdan chiqadi, balki, atrofingizdagilar ham siz tufayli ozor chekishadi.
12—49 ball: Siz juda og‘ir, bosiq kishilar toifasiga kirasiz. Sizni har qanday ish, gap asabiylashtirishi mumkin. Lekin siz bundan fojia yasab o‘tirmaysiz. Barcha ko‘ngilsizliklarni tez unuta olasiz. 11 va undan kam to‘plangan ball: Siz hayotga real ko‘z bilan qaraydigan odamsiz. Lekin shuni ham nazarda tutish kerakki, ushbu test sizning ba’zi ochilmagan ojiz jihatlaringizni yuzaga chiqarib qo‘ygani rost. Buni tan olavering.