SHANBA, 2024.12.28, 21:06
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 3
MEXMON 3
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Июль » 14 » OG‘IR GUNOH
18:33
OG‘IR GUNOH
ZINODAN HAM OG‘IR GUNOH



Alloh taolo aytadi:

“Ey mo‘minlar, (bergan qarzlaringizni)

bir necha barobar qilib (olish bilan)

sudxo‘rlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz!

(Shunda) shoyad najot topgaysiz!”

(Oli Imron surasi, 130).

“Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: “Bay’ (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?!” deganlaridir” (Baqara surasi, 275).

Ya’ni, ular Alloh harom qilgan ish — sudxo‘rlikni halol bildilar. Shu sababli qiyomat qoyim bo‘lib, Alloh odamlarni qayta tiriltirgan vaqtda sudxo‘rlardan tashqari barcha odamlar qabrlaridan tezda turib ketadilar.

Sudxo‘rlar xuddi tutqanog‘i bor odamdek o‘rinlaridan turishlari bilan yiqiladilar. Ularning dunyoda sudxo‘rlik orqali yegan harom narsalarini Alloh qiyomat kunida qorinlarida ko‘paytirib qo‘yadi va bu ularga og‘irlik qiladi. Ular turmoqchi bo‘ladilar-u, biroq yiqilib tushaveradilar.

Samura ibn Jundub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kechqurun (tushimda) ikki kishini ko‘rdim. Ular kelib meni muqaddas yerga olib chiqishdi. Yurib-yurib qonli daryoga duch keldik. Daryoda bir kishi bor edi. Sohilda boshqa kishi xarsang tosh ushlab turardi. Daryodagi kishi kelib chiqmoqchi bo‘lgan edi, narigi kishi tosh bilan og‘ziga urib kelgan joyiga qaytarib yubordi. U qachon kelib chiqmoqchi bo‘lsa, tosh bilan og‘ziga urar va u yana oldingi joyiga qaytib ketar edi. “Daryodagi kishi kim?” deb so‘ragan edim, “Sudxo‘r”, deya javob berishdi” (Buxoriy rivoyati).

Sudxo‘r o‘lgan vaqtidan to qiyomat kunigacha qonli daryoda suzib, tosh bilan “siylanadi”. Bu azob barzax-qabrda bo‘ladi. Bundan tashqari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sudxo‘rning (foiz yeyuvchining), oldiruvchining, kotibning va guvoh bo‘luvchining hammasi (gunohda) barobar”, deganlar (Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Qaysi qavm orasida zino va sudxo‘rlik avj olsa, ular o‘zlariga Allohning azobini halol qilgan bo‘ladilar” (Abu Ya’lo rivoyati).

Abdulloh ibn Hanzala roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kishini bila turib sudxo‘rlikdan yegan bir dirhami o‘ttiz olti marta zino qilganidan og‘irroqdir” (Imom Ahmad, Tabaroniy rivoyati).

Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Sudxo‘rlikning yetmish ikkita turi bo‘lib, ularning eng kichigi kishining onasiga yaqinlik qilishi bilan barobardir. Sudxo‘rlikning eng yaramasi esa, kishining o‘z birodari nomusiga tajovuz qilishidir” (Tabaroniy rivoyati).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytgan ekanlarki: “Sudxo‘rlikda yetmish ikkita gunoh bo‘lib, ularning eng kichigi musulmonning o‘z onasiga yaqinlik qilishi bilan barobar. Sudxo‘rlikdan topilgan bir dirham o‘ttizdan ortiq zino qilishdan og‘irroqdir”.

Yana aytgan ekanlar: “Alloh qiyomat kunida yaxshiyu yomon turishi uchun izn beradi. Sudxo‘rlar esa bundan mustasno. Chunki ular: “jin chalgan — majnun kabi turadilar” (Ibn Abu Dunyo, Bag‘aviy rivoyati).

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytganlar: “Foiz oluvchi (sudxo‘r) ham, beruvchi ham do‘zaxdadir”.

Qatoda roziyallohu anhu aytadilar: “Sudxo‘rlar qiyomat kunida jinni holida tiriladilar. Bu ularning alomati bo‘lib, mahshargohdagilar ularni shundan tanib oladilar”.

Xabarlarda vorid bo‘lishicha, sudxo‘rlar o‘z qilmishlarida ishlatgan hiylalari sababli “shanba sohiblari” kabi it va to‘ng‘iz suratida qayta tiriladilar. “Shanba sohiblari” haddan oshgan yahudiy kimsalar bo‘lib, avvaliga Alloh ularni shanba kuni baliq ovlashdan qaytargan edi. Ular hovuzlar qazib, shanba kuni baliqlarni unga qamab olar va keyingi kuni ovlar edilar. Shunday hiyla ishlatib hadlaridan oshganlari sababli Alloh ularni maymun va to‘ng‘izlarga aylantirib qo‘ygan edi.

Sudxo‘rlar ham o‘zlaricha turli hiylalarni ishlatadilar. Alloh taologa ularning hiylalari maxfiy emas.

Ayyub Saxtiyoniy aytgan ekanlar: “Ular xuddi yosh bolani aldamoqchi bo‘lgandek, Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Agar ishga ongli ravishda yondashganlarida edi, o‘zlariga oson bo‘lardi”.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: “Sendan qarzdor kishi biron narsa hadya qilsa, olma. Chunki bu ish sudxo‘rlikdir”.

Hasan roziyallohu anhu aytganlarki: “Agar bir kishi sendan qarzdor bo‘lsa, uning xonadonidan yegan narsalaring senga harom bo‘ladi”.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu yana aytadilar: “Kim bir kishi uchun vositachilik qilsa-yu unga (narigi kishi) hadya bersa, u (hadya) haromdir. Quyidagi hadis gapimni tasdiqlaydi: “Kim bir kishi uchun vositachilik qilsa, buning evaziga unga hadya berishsa va u hadyani qabul qilsa, batahqiq, u sudxo‘rlik eshiklarining kattasiga yaqinlashgan bo‘ladi” (Abu Dovud rivoyati).

Din, dunyo va oxirat ishlarida Alloh taolodan afv va ofiyat tilaymiz.

Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiyning

“Gunohi kabiralar” kitobidan.





Категория: ISLOM | Просмотров: 2266 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz