Sevmoq — sevgan kishing uchun kurashish demakdir (M. Prashvin).
Bir-birini sevish uchun o‘zi bilan kurashmoq kerak (F. Dostoevskiy).
Chin muhabbat boshqa inson taqdiriga kuyinish hissini tuygan yurakdagina tug‘iladi (V. Suxomlinskiy).
Chin muhabbatning birinchi belgisi yigitda uyatchanlik, qizda esa jasoratdir (V. Gyugo).
Kimnidir sevmoqchi bo‘lsangiz, avval kechirishni o‘rganing (Vampilov).
Sevgi bilangina uylanish yaxshi, chiroyli bo‘lgani uchungina qizga uylanish bozorda keraksiz narsani chiroyli bo‘lgani uchungina sotib olishga o‘xshaydi (Chexov).
Muhabbat xayolning aql ustidan g‘alabasidir (X. Menken).
Muhabbat bir ayol boshqalaridan farq qiladi degan xomxayoldir (X. Menken).
Chuqur sevish o‘zni unutish demakdir (Russo).
Hurmatda chegara bo‘ladi, muhabbatda esa — yo‘q (Lermontov).
Muhabbat o‘lim va o‘lim dahshatidan kuchliroqdir. Faqat u, faqat muhabbat bilangina dunyo harakatda va mavjuddir (I. Turgenev).
Muhabbat hatto yolg‘onchilarni ham aldashga qodir (Margarita Navvarskaya).
Ko‘pgina ayollar uchun muhabbat dugonasi bilan sevgi haqida fikrlashishdan iborat (Aleksandr Kumor).
Har kuni qayta tug‘ilmaydigan sevgi har kuni o‘ladi (X. Jebran).
Muhabbatsiz kishi ta’tildagi o‘likdan ortiq emasdir (E. M. Remark).
Muhabbat o‘zga uchun doimo kuyinib yashaщdir (Marsel Ashar).
Muhabbat haqida gapirmaymiz, chunki biz haligicha uning nimaligini bilmaymiz (K. G. Paustovskiy).
Erkak odatda hurmat qilgan ayolini sevadi, ayol odatda sevgan erkagini hurmat qiladi. Shuning uchun erkak ko‘pincha sevishga arzimaydigan ayolni sevadi, ayol esa hurmatga arzimaydigan erkakni hurmat qiladi (V. O. Klyuchovskiy).
Muhabbatni yo‘q qiling — bizning yarmimiz qabristonga aylanadi (Robert Brauning).