SHANBA, 2024.12.28, 21:42
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Июль » 13 » Makka Madina
17:53
Makka Madina
IKKI MUQADDAS SHAHARLARNING FAZILATI


Albatta, biror joy fazilatli va muqaddas bo‘lishi uchun u yerda uni muqaddaslashtirishga arziydigan sabab bo‘lishi shart va bu shart Allohning nazdida ham muqaddas sanalishi lozim. Ana shunday muqaddas makonlardan biri Makka va Madina shaharlaridir. Makkai mukarramada Allohga ibodat qilish va butun olamlarga hidoyat bo‘lishi uchun qurilgan birinchi masjid — Baytulloh bordir. Qolaversa, Masjidul Haromda o‘qilgan bitta namoz boshqa masjidlarda o‘qilgan yuz mingta namozning savobi darajasidan ulug‘dir. Qur’oni karimda Alloh taolo bu shahar bilan qasamyod etgan.

Abdulloh ibn Abbos (r.a.)ning rivoyat qilishlaricha, Rasululloh (s.a.v.) Makkai Mukarramani fath qilgan kunlarida: “Albatta, Alloh bu yurtni osmonlaru yerni yaratgan kunidayoq hurmatli qilgan. U Allohning hurmati ila qiyomat kunigacha Haromdir. Mendan oldingilar hech biriga bu yerda urush qilish halol bo‘lmagan. Menga ham faqat ushbu kunning ozgina muddatiga halol qilindi, xolos. Bundan so‘ng, u yana Allohning hurmati ila qiyomat kunigacha Haromdir. Bu yerning tikoni yulinmaydi, ov hayvonlari hurkitilmaydi. Tushib qolgan narsani o‘z egasidan boshqa odam olmaydi”, — deganlar (Muttafaqun alayh).

“Ekin o‘smaydigan vodiy” haqida Ibrohim (a.s.) Alloh taologa duo qilganlar. Ushbu duoni qabul qilib, Alloh taolo Makkai mukarramani tinchlik shahriga aylantirdi. Qur’oni Karimda bu diyor omonlik diyori ekanligi qayta-qayta ta’kidlanadi. Bundan tashqari uning barcha musulmonlar uchun ziyoratgoh ekanligi ham bayon qilingan.

Muqaddas shaharning yana bir fazilati shundaki, unga kelgan har qanday kishi u yerda kamtarin va xokisor bo‘lib yurishga moyil bo‘lib qoladi. Qur’oni Karimda bu shaharning nomi “Bakka” deb zikr qilingan. U “taqillatib urmoq” yoki “bo‘yinga urmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Darhaqiqat, kishi o‘z yurtida qanchalik mutakabbir va g‘urur bilan yurgan bo‘lsa ham, Makkaga kelgandan so‘ng o‘z gunohlarini e’tirof etib, Alloh taologa yanada ko‘proq iltijo qilishga o‘tadi.

Ma’lumki, Ibrohim (a.s.), Hojar va Ismoil alayhissalomlar bu yerda og‘ir sinov va imtihonlarni boshdan kechirganlar. Bu muqaddas shaharning tosh-tuproqlari o‘sha voqealarga guvoh bo‘lgan. Suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) o‘sha yerda tavallud topganlar. Dinimizning asosi, Parvardigorning kalomi Qur’oni Karim ham o‘sha yurtda nozil bo‘la boshlagan. Bularning barchasi Makkai mukarramaning qadr-qiymatini yanada oshiradi.

Muqaddas makonlardan yana biri Madinai munavvaradir. Asl nomi “Yasrib” bo‘lgan, keyinchalik unga “Madinatu Rasulillah”, ya’ni “Rasulullohning shahri” deb nom berilishining o‘zi uning fazilati qay darajada yuksak ekanligini ko‘rsatadi. Zero, butun olamlar faxri bo‘lgan Muhammad alayhissalomga hayotlik vaqtlarida boshpana bergan yurt, vafotlaridan so‘ng to ro‘zi qiyomatgacha o‘z bag‘riga olgan tuproq, albatta, muqaddasdir. Madinai munavvaradan yetishib chiqqan buyuk olim Imom Molik (r.h.) Madina ko‘chalarida yurganlarida ulovga minmas edilar. Buning sababi so‘ralganda: “Men Allohning Payg‘ambari (s.a.v.) yotgan tuproqlarni ulov tuyoqlari bilan bosishga Alloh taolodan uyalaman”, — deb javob berganlar. Islom tarixida dastlabki qurilgan “Qubo” masjidi bor. Uning fazilati haqida Qur’oni Karimda bayon qilingan. U masjid ham, uning ahli ham Alloh taoloning maqtoviga sazovor bo‘lgan.

Masjidun nabaviyda o‘qilgan namoz juda fazilatlidir. Zero, Rasululloh (s.a.v.): “Mening bu masjidimda o‘qilgan bitta namoz, Masjidul Haromdan tashqari boshqa masjidlarda o‘qilgan mingta namozdan yaxshiroqdir”, — deganlar(Muttafaqun alayh).

Shuningdek, ko‘pgina sahobalar, xususan, Xulafoi roshidinlar, Uhud jangida halok bo‘lgan shahidlarning muborak jasadlari ham Madinai munavvaraga dafn qilingan. Musulmonlar namozlarini Ka’ba tomonga qarab o‘qishlari haqidagi oyatlar nozil bo‘lgan va o‘sha vaqtda namozni ado etish asnosida bu buyruqqa itoat etib, Ka’baga yuzlangan jamoatning masjidi “Masjidi Qiblatayin” ya’ni “Ikki qibla masjidi” ham Madinai munavvaradadir.

Alhamdulilloh, bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari ham istiqlol sharofati bilan bunday muqaddas joylarni ziyorat qilish sharafiga muyassar bo‘lmoqdalar.

Alloh taolo barchalarimizga ana shunday muqaddas joylarga borishni nasib etsin. (Omiyn).

Muhammadnazar QAYUMOV,





Категория: ISLOM | Просмотров: 2353 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz