Turdiyev Alisher Baxodirovich. 1984-yil 27-yanvarda Namangan viloyati Chortoq shaxrida tavallud topgan 1994-2001 yillar davomida Glier nomli musiqa maktabida dutor bas mutahassisligi bo`yicha U. Oripov hamda B. Ziyayevlar sinfida taxsil olgan Musiqa maktabida o`qiyotgan davrlardayoq honanda Ozodbek Nazarbekov ijodiga qiziqishi, uning insoniylik fazilatlariga bo`lgan muhabbati uni honanda yoniga yetaklab keladi. 2001-2005 yillarda Toshkent Davlat Konservatoriyasining ovoz rejisserligi fakultetida o`qish bilan bir qatorda ustozi ko`magida mustaqil ijod qila boshladi. 2005-yil 15-16 aprel kunlari ustozi Ozodbek Nazarbekov o`zining "Yuragimdan kuylaganim sen" nomli konsert dasturida Alisherni qo`lidan yetaklab ilk bora saxnaga olib chiqqan. Shu dasturda Alisher o`zining ijod maxsuli "Meni kechir" taronasini muhlislar hukmiga havola etdi. Honanda Alisher Turdiyev 2007 yil oktyabr oyida "Ko`ngil istab..." deb nomlangan ilk qo`shiqlar to`plamini Alisher Fayz tahallusi bilan muhlislariga taqdim etdi. 2008 yil 21-22 may kunlarida "Umidim sendan..." nomli ilk yakkaxon konsert dasturi kutilganidan ziyoda muhlislar olqishiga sazovor bo`ldi. Ayni kunlarda honanda Alisher Fayz 2009 yil 21-22-23 may kunlari "Istiqlol" san`at saroyida bo`lib o`tadigan "Nigohingga ol..." nomli konsert dasturiga qizg`in tayyorgarlik ko`rmoqda. Honanda haqida qisqacha ma`lumot: Qiziqishlari: Kitob o’qish, futbol o’ynash (kompyuterda) Yoqtirgan rangi: barcha ranglar, ko’proq oq va qizil. Mashina markasi: audi (lekin haydovchilik guvohnomasi yo’q) Shiori: O’zlikni o’zida o’zligicha saqlash Hayotdagi maqsad: Komillikka intilish Tilak: Boringizga shukur azizlar O’ziga xos xususiyatlari: Uyali aloqa vositalaridan foydalanmaydi Taomlardan yoqtiradi: Osh, qozon kabob, norin, besh barmoq Taomlardan tanovul qilmaydi: shashlik, baliq, xom piyoz qo’shilgan taomlar, hatto eng yaxshi ko`rgan taomiga qo’shilgan bo’lsa ham Yoqtirgan qo’shig’iz: Desert rose (Sting&ChebMami), Yoqtirgan qo’shiqchisi: Soni Negam (hind) Kino: O’tgan kunlar, Mahallada duv-duv gap, Shaytanat
|