Novokuznetsklik 78 yoshli otaxon Ilya Orlov ayni kunlarda tibbiyot institutiga hujjat topshirish harakatida yuribdi. Ma’lumotlarga qaraganda, qariya bungacha 22 ta oliy o‘quv yurtini tamomlagan ekan.
Gap shundaki, ko‘p yillar oldin Ilya Orlov shol bo‘lib qoldi. Xotini uni tashlab ketmay, o‘zi qaradi, har kuni mehrini berdi.
Bir kuni hovliga olib chiqqandi. Qaerdadir asalarilar uyasi bor ekan. Orlovni talab tashlashdi. Qarangki, shundan so‘ng to‘satdan oyoqqa tura boshladi.
Bemorligida zerikkanidan kitob o‘qirdi. O‘ziga o‘zi o‘qiyman, deb so‘z bergan ekan. O‘sha-o‘sha bir o‘quv yurtini bitirsa, ikkinchisiga hujjat topshiraverdi...