YAKSHANBA, 2024.12.29, 12:16
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 3
MEXMON 3
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Июль » 5 » Firdavs Pazletdinov
22:32
Firdavs Pazletdinov
Firdavs



Avtobiografiya
Men, Pazletdinov Firdavs Sayfitdinovich, 1980 yil 9 avgustda Toshkent shahrida, ziyoli oilada tavallud topdim. 1987 yil Georgiy Dmitriy nomidagi 9-oliy maktabning 1-sinfiga o'qishga bordim.
1996 yili shu maktabning 9-sinfini bitirdim. Shu yili “International House” kollejiga o'qishni davom ettirish maqsadida, o'qishga kirdim. 1998 yili shu kollejni “English Oxford” mutaxassisligi bo'yicha tamomladim va Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining “Menejment” fakultetiga I-kursga imtihon asosida qabul qilindim. Ushbu Universitetni 2002 yilda Bakalavr diplomi bilan yakunladim.
Avval oilada 4 kishi edik, otam, onam, men va singlim.
Otam - Pazeltdinov Sayfiddin Paxriddinovich 1957 yil tavallud topganlar. Ma'lumotlari oliy. Toshkent Arxitektura va Qurilish institutini tamomlaganlar. Hozirda arxitektor.
Onam - Pazletdinova Noila Ahmedovna 1958 yil tug'ilganlar. Ma'lumotlari oliy. Toshkent shahar P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kollejini bitirganlar. Keyinchalik Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti sirtqi bo’limini tamomlaganlar. 10 yil davomida 12-bolalar поликлиника bosh shifokor o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritganlar. Hozirda “FIRDAVS-N” sayyohlik firmasining direktori hisoblanadilar. Mening san'atga kirib kelishimda ota-onamning hissalari katta bo'lgan.
Singlim - Pazletdinova Nodira 1984 yil tug'ilgan. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini bitirgan. Ma'lumoti oliy. Avval “Firdavs-N” guruhining hor jamoasida ham faoliyat olib borgan. Yaqinda qiz farzandlik bo'ldi va ismini Yasmina deb qo'yishdi. Hozirda uy bekasi.
O'zimni oilamga keladigan bo'lsak, uylanganman. To'yim 2004 yili 28 fevralda “O'zbekiston” mehmonxonasida bo'lib o'tgan. Bitta farzandim bor. Rafiqam Pazletdinova Shahlo Saidakbarovna. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr va magistraturasini tamomlagan. Ma'lumoti oliy. Shu universitetda 3 yil davomida “Xalqaro munosabatlar” fani o'qituvchisi lavozimida ishlagan. Hozirda “Sport” teleradiokanalida maxarrirlik qilmoqda.
Qizim - Pazletdinova Samira Firdavsovna. 2004 yil 19 noyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. Hozirgi kunda bog'chaga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Men yoshligimdan san'atga qiziqqanman. Bolaligimda uxlamasdan to'polon qilganimda, dadam tor chalib uxlatgan ekanlar. Maktab davriga kelib esa, o'zim har xil qo'shiqlarni hirgoyi qilib yurganman.
1996 yil. Ilk bor “Pari-pari” taronasi bilan san'atga qadam qo'ydim. Shu yilning may oyida esa, “Alpomish” sport saroyida katta sahnaga qadam qo'ydim (ya'ni rep yo'nalishidagi aynan shu taronam bilan).
1998 yil. O'z yo'nalishimni o'zgartirib, milliy estrada yo'nalishiga o'tdim. Birinchi qo'shig'im “Parvonasan” deb nomlangan va xalqqa ma'qul bo'lgan. Aynan shu yili sobiq “Sezam” radiosining “Yangi ovoz” nominatsiyasining sovrindori bo'lganman.
2002 yil. Ilk marotaba konsert dasturimni 2-3 iyun kunlari “Turkiston” saroyida o'tkazdim.
2004 yil. “Nihol” mukofotiga nomzodimni qo'ydim.
2005 yil. “Nihol” mukofoti sovrindori bo'ldim va shu yili “Presstij” gazetasining “Yilning eng yaxshi imiji” nominatsiyasida g'olib bo'ldim. Qolaversa, Turkiya, Moskva, Xitoy va AQSh mamlakatlarida o'z konsert dasturlarimni namoyish etdim.
Qiziqishlarim: Qo'shiq kuylash, avtomobil boshqarish, kino tomosha qilish, shaxsiy kompyuterimda montaj qilish va musiqa yozish. Men uchun odatga aylangan: Ko'p uxlash va aytilgan joyga kechikib kelish. Xarakterim: Quvnoq, ishonuvchan, Jahlim tez chiqib, tez tushadi, mehribon, yaxshi insonlar uchun men ham yaxshiligimni ayamayman.

Shu kungacha chiqargan albomlarim:
1.“Pari-pari” - 1996 yil.
2.“Baby ты моя малышка ” - 1998 yil.
3.“Parvona” - 2002 yil.
4.“Malyubiya” - 2003 yil.
5.“Hayot” - 2005 yil.

Kliplar to'plami: “Pari pari”, “Ket bo'l”, “Baby ты моя малышка ”, “Onajon”, “Malikam”, “Yod kardam”, “Duhtari pari”, “Azizam”, “Sen-sen”, “Cheshno dele”, “Toshkent”, “Gulmaram”, “Layli”, “Malubiya”, “Dil izhori”, “Umr yo'li”, “Beg'uborim”, “Darvish”, “Sog'indim seni”, “Maylimi seni sevsam”, “So'lim”.

Ishtirokimdagi filmlar: “Shaytanat” filmida Asadbekning o'g'li Samad obrazi mening kinodagi birinchi ishim bo'lgan. Ikkinchi rolim Abduhalil Mamadaliev rejissorlik qilgan “Suratdagi sir” filmidagi bosh rol, ya'ni Jamshid obrazini jonlantirganman. Qahramonim hayotda adashib, yomon yo'llarga kirib qoladi. Uni bu yo'ldan qizga bo'lgan muhabbatigina qaytarib qoladi. Bu filmda muhabbatning kuchini ko'rsatishga intildik.
Bulardan tashqari “Sarvinoz” filmida “Dema dema” taronam bilan ishtirok etganman. Ushbu film ham tomoshabinlarga manzur bo'lgan deb o'ylayman.



Категория: YULDUZLAR BIOGRAFIYASI | Просмотров: 2668 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz