Статистика |
XOZIR SAYTDA 4 MEXMON 4 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июль » 4 » MISH-MISH
|
Jahongir Poziljonov hayot.
Bizning [odamlarning] 1 odatimiz bor, mish-mishlarga juda o`chmiz, gap bo`lsa bo`ldi. “Bojalar” guruhini avtohalokatga uchraganini deyarli butun poytaxt ahli o`sha kuniyoq bilib gap so`zlarga ham tarqatishga ulgurishdi. Ba’zi 1 odamlardan ba’zi 1 mish-mishlarni eshitib qoldik. Yana o`sha odamlarning mish-mish tarqatayotganda dangal, hech qanday ikkilanishsiz, qo`rqasdan gapirishlari bizni taajubda qoldirdi. Mish-mishlarning soni va varianti ko`pligidan o`zimiz ham ikkilanib qoldik, qayta va qayta marotaba ishonchli manbaalarga qo`ng`iroq qilaverishimizga olib keldi, boshqalar esa bu gap so`zlarning to`g`riligini tekshirmasdan ishonib, boshqalarga ham tarqataverishdi. Bugun sizlarga turli joylarda eshitilgan o`sha [betayin] mish-mishlarning “kollektsiyasini” taqdim etamiz.
Bozorda.
— Eshitdingizmi? Jahongir Poziljonov vafot etibdi. — Kelin oyi, Jahongir tirik biz jurnalistmiz, sizlardan ko`ra ko`proq narsa bilamiz. — Jaxil bilan. Meni ukam “O`zbeknavo”da ishlaydi. Menga o`sha aytdi. Har-holda u bilsa kerak — Xo`p!
Taksida.
— Eshitdinglarmi? Jahon ham o`libdi. — Qayerdan eshitingiz? — Akam o`sha bolalarni yaqin og`aynisidi. — Aka Mo`min vafot etdi, lekin Jahongir tirik — Uka, kecha kechqurun o`ldi. Javob beraman — 1-1imizga qarab Xo`p deb qo`ya qoldik.
Oshxonada.
— Eshitdinglarmi? “Bojalar”dagilarni ikkalasi ham o`libdi. — Opa, Jahongir hayot. — Eshitmabsizlarda, kecha 16-Gorbolnitsada olamdan o`tibdi. — … — Tanishim ularni qo`shnisi, kecha aytdi.
— Jahongirni kecha peshinga chiqarishdi. Ko`kcha qabristoniga qo`yildi. [!] Dadam bilan janozaga bordik.
— Jahongir o`sha kuni komadan chiqmasdan vafot etibdi. Men Katta odamdan eshitdim.
— Jahongir o`sha kuni komadan chiqib tilga kirmasdan 1 soatdan keyin vafot etibdi. Men Katta odamdan eshitdim.
— Jahongir komadan chiqdi lekin tilga kirmadi. Men Katta odamdan eshitdim.
— To`ydan kelishayotgan ekan, hammasi mast ekan. Tanishim “Akfa-mediada ishlaydi.
— Oybek&Nigora ham mashinada bo`lishgan ekan. Ular ham vafot etibdi. Tanishim “Akfa-mediada ishlaydi.
— Mashinada Radius 21 ham bo`lgan ekan, u ham vafot etibdi Tanishim “Akfa-mediada ishlaydi.
— Mashinada Shahzoda ham bor ekan. uham vafot etibdi. Tanishim aytdi.
— Mashinada “Shahzod” Rashid Holiqov bo`lgan ekan, u ham vafot etibdi. Tanishim aytdi.
— Mashinada Rayhon ham bor ekan, u ham vafot etibdi. [Chunki Amerikada 1ga konsert qo`yishgandi.] Tanishim “Akfa- mediada ishlaydi.
— Avtohalokat uyushtirilgan ekan. Tanishim aytdi.
Mana shu kabi [betayin] gap so`zlarni tarqatayotgan odamlar ham bor! Shunaqa payt barchani "Katta-katta tanishlari " paydo bo`lib qoladi. Agar yozilganlarni hammasini o`qigan bo`lsangiz biling-ki bu MUTLOQ mish-mishlar. Insonlar [odamlar] bilmagan [ko`rmagan] narsangizni gapirmang. Mo`min Oripov vafot etdi. Uni nomiga duolar aytaylik, Jahongir Poziljonov tirik [hayot, yashayapti, sog`]. Erta inding TV orqali chiqsa o`sha gaplarni tarqatgan odamlar uyalib qolishadi-ku. Bunday gap so`zlarni tarqatgandan ko`ra uni nomiga tezroq sog`ayib ketishi uchun yaratgandan so`raylik. Zero yahshi gapga ham yomon gapga ham farishtalar omin deyishadi.
yuld.uz
|
Категория: ШОУ-Бизнес |
Просмотров: 2181 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 3.8/5 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|