Soat sayin turli xil mish-mishlar bolalamoqda. Afsuski, shunday og'ir vaziyatda ham kimlardir yolg'on va noto'g'ri ma'lumotlarni barchaga tarqatish bilan ovora. Keling, eng yaxshisi bu mish-mishlarga chek qo'yib, Jahongir Poziljonov haqqiga duo qilaylik. Umid qilamizki, barchasi ortda qoladi va Jahongir Poziljonov tez orada sog'ayib ketadi.
Mish-mishlarga chek qo'yish maqsadida biz kerakli joylar bilan bog'landik va ba'zi ma'lumotlarga ega bo'ldik. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 11:00da Jahongir Poziljonov yotgan shifoxonada konsilium (shifokor-mutaxassislar maslahati) bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilish asosida Jahongirni jarrohlik yo'li orqali jarohatlaridan forig' etish ishlari boshlangan. Guruh ma'muri Javlon Shodmonov esa kecha jarrohlik jarayonidan so'ng o'zini yaxshi his etayotganligi haqida xabar bor. Avtomobilda ular bilan birga bo'lgan guruh shogirdi Shahzod ham o'zini yaxshi his qilmoqda. Toshkentdan yo'l olgan shifokor-mutaxassislar hamda viloyatning yetakchi shifokorlari jarohatlangan guruh a'zolarini doimiy ravishda kuzatib bormoqdalar. Umid qilamiz, Jahongirning jarohlik jarayoni ham muvaffaqiyatli yakunlanib, tez orada Toshkentga qaytadi.