Estradamizda takrorlanmas ijodi bilan o'z o'rni va mavqeiga ega xonanda Ulug'bek Rahmatullaev, yaqindagina "Devona" hamda "Dilijon" nomli milliy estrada yo'nalishida kuylagan taronalarining prem'erasini o'tkazgan edi. Bugun esa u "Tarona shou 2009" gala konsertida omadli ishtirok etdi! Ushbu konsert dasturida barchani lol qoldirdi. Qanday deysizmi? Qiziq-a? U holda hoziroq batafsil tanishishingiz mumkin...
Ulug'bek Rahmatullaev "Tarona shou 2009" gala-konsertida o'zining hit taronasi "Kapalak"ni ijro qildi. Sahnadan ramziy "Kapalagi" bo'lgan Xadichani uchirib yubordi. "Kapalak" saroyga tashrif buyurgan mehmonlarga gullar tarqatib, yana Ulug'bekni oldiga uchib keldi. Bunda ham ma'no yashiringan. Kapalak uchib-uchib bir necha kilometrlab masofani kezib yurishi mumkin. Lekin so'nggida o'z makoniga qaytib keladi. Ulug'bekning bunday chiqish qilishini hech kim kutmagan edi... Haqiqiy shov-shuv bo'ldi,-desak aslo adashmaymiz. Endi Ulug'bek Rahmatullaevning ijodidagi yangiliklarga to'xtaladigan bo'lsak, hozirda eng dolzarb mavzularda qo'shiqlar tayyorlamoqda. Ammo Ulug'bek yangi qo'shiqlarini ommaga havola qilish uchun shoshayotgani yo'q. Shuni alohida ta'kidladiki, qo'shiqlari odatiy taronalar emas. Hech biri bir-birini takrorlamaydi. Ulug'bekning yangi taronalari mavzulari mehr-oqibat, sevgi va ajib tuyg'ular haqida...