Статистика |
XOZIR SAYTDA 3 MEXMON 3 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июнь » 25 » TEST
|
“QAYSI FASLNI SEVASIZ?”
Ko‘pchiligimiz yoz bo‘yi vitaminlarga to‘yib, quvvat yiqqanimizga qaramay, negadir bo‘shashaveramiz. Nega? Nahotki, har bir faslning o‘z odami bo‘lsa? Unda siz qaysi faslga tegishlisiz? Bilmaysizmi? Marhamat, quyidagi savollarga javob berib, shu narsani aniqlab oling.
1. Qaysi rangni yoqtirasiz?
a) Sariq
b) Oq
v) Yashil
g) Moviy
2. Qanday kiyimlar sizga ko‘proq yoqadi?
a) Ixcham va yarqiragan
b) Shinam, yumshoq
v) Yengil, tor
g) Asosiysi, yangi bo‘lsin. Aniq bir uslubda kiyinadigan odatim yo‘q.
3. Qanday ob-havo kayfiyatingizni buzadi?
a) Haddan tashqari issiq
b) Namlik, hammayoq loy bo‘lib ketsa
v) Sovuq, doimiy yomg‘irlar
g) Ob-havoning tez o‘zgarishi. Ayniqsa, birdan sovib ketishi
4. Garderobingiz qanday bo‘lishini istaysiz?
a) Klassik, Angliyadagi yaxshi firmalardan birida tikilgan plashch bo‘lsa
b) Toza jundan tikilgan shuba yoki dublyonka
v) Toza ipakdan tikilgan kostyum yoki ko‘ylak
g) Qimmatbaho sport kiyimlari
5. Sizga qolsa, qanday davrda tug‘ilgan bo‘lardingiz?
a) O‘n sakkizinchi yoki o‘n to‘qqizinchi asrda
b) O‘rta asrlarda yoki undan-da oldinroq
v) Meni tug‘ilgan davrim to‘liq qoniqtiradi
g) Kelajakda
6. Qaysi mamlakatda yashashni istaysiz?
a) Angliyada
b) Hindistonda
v) O‘rta Yer dengiziga yaqin har qanday mamlakatda
g) Skandinaviya taraflarda
7. Quyidagi jonivorlarning qay birini yoqtirasiz?
a) Ot
b) Ayiq
v) Bo‘ri, tulki, it
g) Mushuksimonlar oilasiga kiruvchi jonivorlar
8. Qanday dam olgingiz keladi?
a) Yozgi qahvaxonalarga kirish, shahar bo‘ylab sayr qilish
b) Muzeylarga, teatrlarga, kinoga borishni xush ko‘raman: Imkoni bo‘lmasa, uyda televizor tomosha qilaman
v) Sayohat qilishni, sport bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘raman
g) Cho‘milish, quyoshda toblanish, to‘yib uxlash va televizor tomosha qilish
9. Insonlardagi qaysi kamchiliklarni kechira olmaysiz?
a) Beg‘amlik
b) Dag‘allik
v) Sovuqqonlik
g) Surbetlik
10. Uy yumushlariga qanday munosabatdasiz?
a) Uyda turli yumushlar bilan mashg‘ul bo‘lish joni-dilim
b) Shinam xonalarda yashashni istayman-u, buni o‘z qo‘lim bilan yaratishga ojizman
v) Asosiysi, uyim o‘zimga yoqadigan darajada bo‘lsin. Yig‘ishtirish masalasini har qanday vaziyatda hal etsa bo‘ladi
g) Uyim menga faqat tunash uchun kerak. Shuning uchun uning holati, turli yumushlar haqida bosh qotirib o‘tirmayman
11. Sizning istak-xohishlaringizdan boshqa narsa talab etilmaydigan qanday joyda yashashni istardingiz?
a) Bog‘, tomorqasi bor uyda
b) Dala hovlida
v) Uyim qandaydir boshqacha bo‘lsa. Suzish havzalari, hovli yum-yumaloq bo‘lishini orzu qilaman
g) Birinchi navbatda uy quruq, issiq, tinch bo‘lsin, qo‘shnilar jig‘imga tegmaydigan joy kerak.
NATIJALAR: QAYSI JAVOBDAN KO`PLIGIGA QARAB
“A” javob uchun.
Siz kuz odamisiz. Kayfiyatingiz ham a’lo, barcha ishlaringiz o‘ngidan kelayapti. Sizdaylarga faqat havas qilish mumkin. Chunki, ko‘pchilik kuzda lanj, sovuqqon bo‘lib qoladi.
“B” javob uchun.
Sizning sevimli faslingiz qish ekan. Qishda o‘zingizni juda yengil, quvnoq va xotirjam his etasiz.
“V” javob egalari bahor fasliga tegishli.
Kuzda siz robotni eslatasiz. O‘zingizni qo‘lga oling. Oldinda siz yoqtirmaydigan qish turibdi. Xudo xohlasa, bahor yaqinlashsa, har galgidek birdan jonlanib, vitaminozlardan xalos bo‘lasiz.
“G” javob uchun.
Siz haddan ziyod yoz issiqlari uchun dunyoga kelgansiz. Kuz ham, qish ham, bahor ham xavfli dushmaningiz. Bu fasllarda qo‘lingizdan keladigan, sevib shug‘ullanadigan ikkita mashg‘ulotingiz bor. U ham bo‘lsa, to‘yib uxlash va ko‘p-ko‘p ovqat yeyish. Yo‘q, bu dangasalik emas. Shunchaki, sizning bir jihatingiz: xolos.
|
Категория: Тесты |
Просмотров: 1669 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|