Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июнь » 23 » TEST
|
HAYOTDAGI CHALKASHLIKLAR
Xo‘sh, siz o‘z hayotingizda o‘zingiz istaganchalik tartibni o‘rnata oldingizmi? Yoki hamon chalkashliklar girdobida yashab kelayapsizmi? Agar shu savollarga javob berishda qiyinchilik sezayotgan bo‘lsangiz, quyidagi test savolariga xolisona javob bering.
1. Siz harakat qilasiz:
a) Maqsadga har qanday yo‘l bilan erishishga. (0 ball)
b) Omad keltiruvchi har bir ishga qunt va tirishqoqlik bilan yondoshasiz. (3 ball)
v) Sabrli bo‘lishga. (1 ball)
2. Ta’til paytida yoqtirasiz:
a) Kurortda dam olish, plyajda cho‘milish, kitoblar o‘qish va qiziqarli filmlar tomosha qilishni. (0 ball)
b) Kvartirangizni jihozlash, boqqa chiqib ishlash, mashinangiz bilan shug‘ullanishni. (2 ball)
v) Tennis o‘ynash va tog‘larga sayohat uyushtirishni. (3 ball)
3. Odatda uxlashga yotasiz:
a) Bir xil vaqtda. (3 ball)
b) Vaziyatga va kayfiyatga qarab. (0 ball)
v) Mo‘ljallangan barcha ishlarni bajarib bo‘lgach. (0 ball)
4. Erta turish lozim bo‘lganda, siz:
a) Soat qo‘ng‘irog‘ini belgilangan vaqtga to‘g‘rilab qo‘yasiz. (3 ball)
b) Ichki sezgingizga ishonasiz. (2 ball)
v) Tasodifan kimdir uyg‘otishidan umid qilasiz. (0 ball)
5. Ishga kelasiz:
a) Ish boshlanishiga 15 daqiqa qolganda. (2 ball)
b) Yarim soat uyoq-buyog‘i bilan. (0 ball)
v) Vaziyatga qarab. (2 ball)
6. Agar kim bilandir kelisha olmay qolsangiz:
a) O‘z qaroringizda turib olasiz. (0 ball)
b) Ortiqcha bahslardan qochasiz. (0 ball)
v) Garchi haq ekanligingizni bilib tursangiz-da, turli mojarolardan o‘zingizni olib qochasiz. (3 ball)
7. Sportga munosabatingiz:
a) Sport ko‘rsatuvlarini sevib tomosha qilasiz. (0 ball)
b) O‘zingiz ham musobaqalarda ishtirok etib turasiz. (3 ball)
v) Sport bilan shug‘ullanishga vaqtingiz yo‘q. Uydagi, ishdagi tashvishlar ham yetib ortadi. (0 ball)
8. Uyqudan uyg‘ongach, siz:
a) O‘rningizdan turiboq ko‘zlangan ishlarni bajarishga kirishib ketasiz. (1 ball)
b) Avval jimoniy mashqlar qilasiz, yuvinasiz va shundan keyingina ishga sho‘ng‘iysiz. (3 ball)
v) Uyg‘ongach, o‘n besh daqiqacha o‘rningizdan turmay yotasiz. (0 ball)
9. So‘nggi oy ichida siz:
a) Ikki marta diskoteka, kino yoxud teatrga tushdingiz. (3 ball)
b) Sport bilan faol shug‘ullandingiz. (3 ball)
v) Kuniga kamida to‘rt chaqirim piyoda yo‘l bosdingiz. (3 ball)
10. Ishxonada hazillashish payti yetsa, sira fursatni qo‘ldan boy bermaysiz:
a) Hech qachon. (3 ball)
b) Ba’zida. (2 ball)
v) Ishxona hazil-huzul qiladigan joy emas. (0 ball)
11. Uyga do‘stlarni mehmonga chaqirish bu — ...
a) Dam olish uchun yaxshi imkoniyat. (3 ball)
b) Pul va vaqtni behuda ko‘kka sovurish. (0 ball)
v) Qochib qutulib bo‘lmaydigan balo. (0 ball)
12. Necha kunga ta’tilga chiqasiz?
a) Necha kun zarur bo‘lsa, hammasini birdan olasiz. (2 ball)
b) Ikki qismga bo‘lib olasiz. (3 ball)
v) Charchaganingizni payqaganingizda ikki-uch kundan. (0 ball)
NATIJALAR:
28 dan 38 ballgacha. Ish va dam olish onlari sizga bo‘ysunadi. Hayotingiz bir xilda o‘tadi. Siz faqat bir narsa bilan ovunasiz: “Shunday hayot salomatligingizni saqlashga yordam beradi”.
19 dan 27 ballgacha. Sizga o‘z ishingiz yoqadi. Lekin hayotning boshqa jihatlariga ham befarq emassiz. Chegarani bilasiz. Sog‘lig‘ingiz va ruhiy holatingiz yomonlashishining oldini olishga intilib yashaysiz. Ishga haddan ziyod berilib, dam olishni unutib qo‘yadiganlardan emassiz.
10 dan 18 ballgacha. Siz bo‘lar-bo‘lmas narsalarga haddan tashqari ko‘p kuch, asab va energiya sarflaysiz. Tez-tez sog‘lig‘ingizga putur yetadi-yu, baribir o‘sha xatolarni takrorlayverasiz. Hali kech emas. Qadringizga yeting.
9 balldan past. Hayotingizga sira havas qilib bo‘lmaydi. Hamma narsa chalkashib ketgan. Agar bir kun kelib yuragingizni changallab qolsangiz, faqat o‘zingizni ayblang. Mabodo, boshqalar kabi bir me’yorda yashashni xohlasangiz, yashashni o‘rganing.
|
Категория: Тесты |
Просмотров: 1477 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|