Qorong‘ilikda bir yigitni basavlat yo‘lto‘sar to‘xtatib so‘radi: — Sen meni taniyapsanmi? — Yo‘q. Yo‘lto‘sar sekin cho‘ntagidan pichoq chiqardi-da, shivirladi: — Demak, boy bo‘larkanman! ------------------------------------------------------------------------------------------- Piyonistaning xotinidan so‘rashdi: — Falonchiev shu yerda yashaydimi? — Yo‘q, u faqat bu yerda ro‘yxatda turadi. Yashash joyi hov anavi ko‘cha yuzidagi hushyorxonada. ----------------------------------------------------------------------------------- — Nega odam to‘yib aroq ichgan kunning ertasiga bosh og‘rig‘idan azob chekadi? — Odam ichayotgan paytda organizmdagi mikroblar o‘ladi. Ertasiga esa, tirik qolganlari o‘lganlarini dafn qilishadi. ------------------------------------------------------------------------------------ Ayol qo‘shnisidan so‘radi: — Pod’ezdimizdan yo bo‘yoqning, yo benzinning hidi kelayaptimi? — Yo‘-o‘q, men kechki ovqat tayyorlayapman. --------------------------------------------------------------------------------------- Ayol yuzlari kuygan holda vrach huzuriga keldi. — Yuzingizga nima qildi? — Bilasizmi, erim tsirkda olov yutuvchi bo‘lib ishlaydi. Navbatdagi muvaffaqiyatli chiqishidan so‘ng sahnaga chiqib endigina undan bo‘sa olgandim, ko‘ngli aynib qayt qilib yubordi. ------------------------------------------------------------------------------------------- Ona o‘g‘ilchasidan so‘radi: — Hayvonot bog‘idagi qaysi hayvon senga yoqdi? — Menga yo‘lbars, dadamga mushukcha yoqdi. — Ie, hayvonot bog‘ida mushukcha nima qiladi? — Bilmadim. Dadam: “Voy, anavi chipta sotayotgan shiringina mushukchani qara!” deb aytdi. ------------------------------------------------------------------------------------------ — Og‘ayni, bilasanmi, qaerda eng o‘tkir aroq bor? — Qaerda? — Kemadan turib yo‘l topiladigan kompasda. Uning shundoq yuziga 360 daraja deb yozib qo‘yilgan. J J J Miyaning o‘n foizi aqldan tashkil toparkan. Qolgan to‘qson foizi nima uchun kerak — hali hech kim bilmaydi. --------------------------------------------------------------------- — Adashmasam, sizni qaerdadir ko‘rganman! — Ha, men u yerda ko‘p bo‘lib turaman. ------------------------------------------------------------------- — Nega sovuqda odamlarning tishlari takillayveradi? — Ular shu yo‘l bilan isinishadi. ---------------------------------------------------------------------- — Kecha nega buncha ko‘p ichding? — Gazak qilmagandim. — Nima, puling yetmadimi gazak olishga? — Yo‘q, tishlarimni sindirib tashlashgandi. --------------------------------------------------------------------- — Dushanba kunlari jinnini qanday kuldirsa bo‘ladi? — Unga juma kuni kechqurun latifa aytib berish kerak.
|