Статистика |
XOZIR SAYTDA 3 MEXMON 3 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июнь » 22 » TEST
|
SIZ QAYSI DAVRDA YASHAYAPSIZ?
Bu mavzu sal kulgiliroq tuyulsa-da, biz jiddiylashtirishga harakat qilamiz. Mana, o‘tmish, bugungi kun hamda kelajak. O‘tmish — vijdonimiz, bugungi kun hayotga ko‘nikishimiz va kelajak orzu, maqsadlarimizdir. Ko‘rib turganingizdek, gap juda jiddiy masalada ketayapti. Shunday ekan, o‘zingizga ma’qul javobni tanlab, qaysi davrga tegishli inson ekaningizni aniqlab oling.
1. Sevgi haqida o‘ylarkansiz, kimni nazarda tutasiz?
a) Hozirgi kunda sevgan kishimni – 1 ball
b) O‘tmishdagi sevgilimni – 0 ball
v) Men orzuimdagi muhabbatimni hamon uchratmadim – 2 ball
2. O‘tmishdagi xatolar uchun o‘zingizni aybdor deb hisoblaysizmi?
a) O‘tmishdagi ko‘plab xatolarim hanuz hayotimga ta’sir etadi – 0 ball
b) Hammasi o‘tmishda qolgan – 2 ball
v) Garchi hozirgi hayotimga ta’siri yo‘qolmagan bo‘lsa-da, o‘tmish xatolarim haqida o‘ylamaslikka intilaman – 1 ball
3. O‘zingiz tug‘ilgan va bolaligingiz o‘tgan joydan olisda yashayapsizmi?
a) O‘sha joyning o‘zida – 0 ball
b) Bolaligim o‘tgan joydan sal narida – 1 ball
v) Tug‘ilgan joyimgacha hozirgi yashayotgan manzilim bir kunlik yo‘l – 2 ball
4. Yangi texnologiyalar va urflarga munosabatingiz?
a) Hozir urf bo‘lgan buyumlarni xarid qilishga urinaman – 1 ball
b) Eskicha buyumlardan foydalanaman – 0 ball
v) Ayniqsa, yangi chiqqan kiyimlarni birinchi bo‘lib xarid qilaman – 2 ball
5. Kimlar bilan yaqindan do‘stsiz?
a) Do‘stlarim ko‘p. Lekin eski qadrdonlar bilan aloqani uzmayman – 1 ball
b) Men tez-tez do‘stlarni yangilab turaman –2 ball
v) Mening do‘stlarim ko‘p yillar oldin tanishgan insonlar. Bizning munosabatlarimiz yillar davomida sinovlardan o‘tgan – 0 ball
6. Dunyoning doimo o‘zgarib turishiga qanday qaraysiz?
a) Bu juda to‘g‘ri – 2 ball
b) Dunyo haddan tashqari tez o‘zgarayapti –1 ball
v) Dunyo umuman o‘zgarmagan – 0 ball
7. To‘yib uxlashga vaqtingiz yetadimi?
a) Ha, lekin umuman aytganda, kam uxlayman – 0 ball
b) Sira vaqtim yetmaydi – 2 ball
v) To‘yib uxlashga hamisha ulguraman. Ammo yastanib yotaverishni yoqtirmayman –1 ball
8. Hayotingizdagi qaysi lahza eng baxtli onlaringiz sanaladi?
a) Hozir boshimdan o‘tayotgan hodisalar – 1 ball
b) Baxtli onlarim hali kelmadi – 2 ball
v) Eng baxtli onlarim o‘tmishda qolgan – 0 ball.
NATIJALAR
5 va undan kam ball. Siz o‘tmishingiz bilan birga yashamoqdasiz. Doimo xayolan unga qaytaverasiz. Chunki, xotirlashga arzigulik voqealar juda ko‘p. Busiz ushbu guruhga tushib qolmas edingiz. O‘tmishni xotirlab yashash sizdek insonlar uchun baxt va shodlik, shirin kayfiyatlarni taqdim etadi. Ayni siz kabilar mehribon, tartiblidirlar.
6-11 ball. Siz bugungi kun bilan birga yashaysiz. Bu o‘rta va katta yoshdagilar uchun juda ma’qul yo‘ldir. Garchi yoqimsiz, ko‘ngilsiz bo‘lsa-da, hayotning har bir lahzasidan bahra olishga intilasiz. Maslahatimiz, o‘tmish xotiralariga ham o‘rin qoldiring. Busiz hayot juda zerikarli.
12 va undan ortiq ball. Siz kelajak orzularning qulisiz, desak, sira xato bo‘lmaydi. Aniqrog‘i, optimistsiz. Siz singarilar hayotda juda yengil qadamlar tashlashadi. Yelkalarida hech qachon o‘tmishning og‘ir yuklarini olib yurishmaydi. Bu juda yaxshi odat. Negaki, siz hayotning har qanday zarbalariga bardosh bera olasiz. Sababi, qancha og‘ir kunlar boshingizga tushmasin, kelajakdan umid qilasiz, o‘sha kunlarning kelishiga qattiq ishonasiz. Albatta, bu oson emas. Hayotda nimalar bo‘lmaydi. Yo‘lingizda goh bo‘ronli, goh sahrodagi kabi azobli onlar paydo bo‘ladi. Shularni yengib o‘tayapsizmi, demak, hech qachon kam bo‘lmaysiz.
Agar siz yosh bo‘lsangiz, yana yaxshi. Tanlagan yo‘lingiz juda to‘g‘ri ekan. Yoshlikda matonatli bo‘lmagan kishilarda qalb bo‘lmaydi.
|
Категория: Тесты |
Просмотров: 1381 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 2.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|