Статистика |
XOZIR SAYTDA 7 MEXMON 7 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июнь » 20 » TEST
|
O‘ZINGIZNI IDORA ETA OLASIZMI?
Inson o‘zini o‘zi qancha yaxshiroq idora eta bilsa, boshqalar bilan o‘zaro munosabatlarda ham shuncha yaxshi natijalarga erishadi. Aynan shu qobiliyati shakllanganlargina kim bilan qanday muomalada bo‘lishni yaxshi bilishadi. Keling, siz ham o‘zingizdagi shu xislat qay darajada ekanligini aniqlab oling.
1. So‘rashmasa ham, juda kerakli narsalarni bosh-qalarga gapirishingizga to‘g‘ri kelganmi?
a) Ha, shunday bo‘lgan (1 ball)
b) Eslay olmayman (2 ball)
v) Yo‘q (3 ball)
2. Munosabatlarda erkinlik durustmi yo muomala qoidalariga amal qilishmi?
a) Unisi ham, bunisi ham (2 ball)
b) Erkinlik (1 ball)
v) Albatta, oxirgisi (3 ball)
3. Maqsadga erishishingizda vaziyat emas, odamlar to‘siq bo‘lsa, o‘zingizni bosa olasizmi?
a) Yo‘q (1 ball)
b) Albatta (3 ball)
v) Bu murakkab masala (2 ball)
4) Sayohatning qaysi ko‘rinishi sizga ma’qulroq?
a) Yaxshi tashkil etilgani (3 ball)
b) Yolg‘iz chiqilgan sayohatlar (1 ball)
v) Turli ko‘rinishlari yoqadi (2 ball)
5) O‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida asosiy narsa nima?
a) Mehr va parvarish (3 ball)
b) Hamma narsa muhim (2 ball)
v) To‘g‘ri qaror qabul qila bilish (1 ball)
6) Yaqin do‘stlaringiz sizga qaltis hazil qilib qo‘ygan vaqtda o‘zingizni qanday tutasiz?
a) Kulaman (1 ball)
b) Ma’lum muddat xafa bo‘laman (3 ball)
v) Bilmadim (2 ball)
7) Agar oldingizda g‘oyalaringizga qarshi fikrlarni bildirishsa;
a) Jim eshitib turolmayman (3 ball)
b) Buning qo‘rqinchli joyi yo‘q (2 ball)
v) Chidasa bo‘ladi (1 ball)
8) O‘zingizga taalluqli muammolarni o‘zingiz hal qilishingiz haqiqatmi?
a) Aniq (3 ball)
b) O‘zim to‘liq hal eta olishimga ishonmayman (2 ball)
v) Yaqinlarim bilan maslahatlashaman (1 ball)
9) Kimlardir siz haqingizda noto‘g‘ri o‘ylashlarini sezib qolsangiz, nima qilasiz?
a) Men ularni boshqacha odam ekanimga ishontirishga urinaman (3 ball)
b) E’tibor qilib o‘tirmayman (1 ball)
v) Juda qattiq tashvishga tushaman (2 ball)
10) Agar kasbni boshqatdan tanlashingizga to‘g‘ri kelsa, kim bo‘lardingiz?
a) Tabiatshunos (1 ball)
b) Sug‘urta agenti (3 ball)
v) Hech kim (2 ball)
NATIJALAR:
10-16 ball. Siz o‘z bilganingizcha yashashga ko‘nikkansiz. Shu narsa sizga boshqalar bilan o‘zaro munosabatlarda ko‘pincha qiyinchiliklar tug‘diradi va ishlashga xalal beradi. Shu bilan birga siz birovlarga yoqishni ham yaxshi bilasiz. Xarakteringizdagi g‘ayrioddiy soddalik ko‘pchilikni hayratga soladi.
17-23 ball. O‘zingizni idora eta olasiz va shu odatingiz ba’zan pand berib qo‘yadi. Goho shunday yo‘l tutasizki, vaziyatning qandayligiga ham qarab o‘tirmaysiz.
24-30 ball. Sizni atrofdagilarga va vaziyatga qarab ish tutadigan yagona inson sifatida baholasa bo‘ladi. O‘zingizni diplomatlarday tutasiz. Ishni juda mukammal rejalashtirasiz va uni oxirigacha yetkazmasdan qo‘ymaysiz. Sizni hamma vaqt ham quyushqondan chiqarish juda mushkul.
|
Категория: Тесты |
Просмотров: 1262 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|